Okeaniyaning tabiiy sharoiti

Okeaniyaning tabiiy sharoiti

O'quvchilarga / Geografiya
Okeaniyaning tabiiy sharoiti - rasmi

Material tavsifi

Okeaniyaning tabiiy sharoiti Reja: 1. Okeaniyaning tabiiy geografik o'rni 2. Okeaniyaning tabiatining o'ziga xos xususiyatlari 3. Okeaniya orollarining turlari Tinch okeanning markaziy va janubiy-g'arbiy qismlarida joylashgan orol va arxipelaglar Okeaniya deb ataladi. Unga umumiy maydoni 1,3 mln.km.kv. bo'lgan 7 ming ta orol kiradi. Regional landshaft tafovutlariga asoslanib Okeaniyani to'rtta tabiiy geografik o'lkaga: Melaneziya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya va Polineziyaga ajratish mumkin. Orollarning bir qismi suv osti tog'larining tepalaridan, baozilari materik orollaridan iborat. Orollar hayvonot dunyosida yirtqichlar ham zaharli ilonlar xam yo'q. Okeaniyaning tabiiy geografik o'rni - Tinch okeanining bepoyon kengliklarida o'n minglab orollar joylashgan. Tinch okeanning markaziy va janubiy-g'arbiy qismlarida joylashgan orol va arxipelaglar Okeaniya deb ataladi. Unga umumiy maydoni 1,3 mln.km.kv. bo'lgan 7 ming ta orol kiradi. Okeaniya yevropaliklarga XVI asrda F.Magellanning birinchi dunyo aylana sayohatidan boshlab maolum bo'lgan edi. Rus dengizchilari V.M.Golovin, F.P.Litke, S.O.Makarov va boshqalarning yurishlari Okeaniyaning kashf etilishi va tekshirilishi tarixida alohida bir bobni tashkil etadi. Okeaniya tabiati va aholisini o'rganishda N.N.Mikluxo-Maklayning hissasi katta. U Yangi Gvineya orolining xalqlari hayoti va urf odatlarini o'rganibgina qolmay, tropik dengiz sohilarinning qiziqarli tabiiy geografiya tasvirini yozib qoldirgan. Regional landshaft tafovutlariga asoslanib Okeaniyanini to'rtta tabiiy geografik o'lkaga: Malaneziya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya va Polineziyaga ajratish mumkin. Orollarning tabiiy geografik o'rni, kattaligi, kelib chiqishi Tinch Okean tagining tuzilishi bilan juda bog'liq. Okeaniyadagi orollarning ko'pchiligi vulkan va marjon orollardir. Orollarning bir qismi suv osti tog'larining tepalaridan, baozilari materik orollaridan iborat. Okeaniyaning g'arbidagi orollar litosfera plitalarni chegarasida hosil bo'lgan orollar. Okeaniya orollari tabiati go'zal. Dengizlarni ufqda ko'rinib qoladigan yam-yashil tog'li orollarning ajoyib manzaralari, sarvqomat palpmalar o'sib yotgan yassi atollarning ko'rinishi maftun etadi. Atollar qirg'ok oppoq marjon yoki qop-qora vulkan qumloqlari bilan o'ralgan. Okeaniyadagi orollarning benixoya qudratli to'lqinlari marjon orollariga urilib so'nadi. Okeaniya orollarining juda katta maydonda sochilib ketganligi va bir-birlari hamda materiklardan uzoq joylashganligi ular tabiatiga va aholisi hayotiga taosir ko'rsatuvchi asosiy omillardir. Deyarli hamma orollar ekvatorial hamda tropik mintaqalarda va faqat Yangi Zelandiya subtropik va mo'otadil mintaqalarda joylashgan Okeaniya iqlimi doim bir xil, inson hayoti uchun ayniqsa qulay. Orollar ekvatorning har ikki tomonida joylashganligidan havo harorati baland bo'ladi, lekin okeandan esib turuvchi shamollar issiqni ancha pasaytiradi. Harorat fasllarga qarab va sutka davomida ko'p o'zgarmaydi. Okean kengliklari ustida havo bosimining o'zgarib turishi natijasida dovullar paydo bo'ladi, ular yo'lida uchragan hamma tirik jonni okeanga uloqtirib tashlaydi. Orollarning boshqa joylardan ajralib qolganligi ularning o'simliklari va hayvonot dunyosida hammadan kuchlirok aks etgan. O'simliklari va hayvonot dunyosi juda o'ziga xos. Nisbatan yosh va kichik marjon orollari organik dunyoga eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.13 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.13 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga