Okeanlar tabiiy geografiyasida geografik mintaqalarni o'rganishi

Okeanlar tabiiy geografiyasida geografik mintaqalarni o'rganishi

O'quvchilarga / Geografiya
Okeanlar tabiiy geografiyasida geografik mintaqalarni o'rganishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaS OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA KAFEDRASI 5110500- GEOGRAFIYA O'QITISH METODIKASI TA'LIM YO'NALISHI BITIRUVCHI KURS TALABASI ABDUHALIMOVA FERUZANING MATERIKLAR VA Okeanlar tabiiy geografiyasida geografik mintaqalarni o'rganishi MAVZU: MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASIDA GEOGRAFIK MINTAQALARNI O'RGANISH. Mundarija. Kirish …… I-Bob. GEOGRAFIK QOBIQNING KO'NDALANG VA BO'YLAMA TUZILISHINI O'RGANISHGA OID NAZARIY MASALALAR.…… 1.1.Geografik qobiqning ko'ndalang tabaqalanishining asosiy omillari 1.2. Mintaqaviy- zonal tizimlar …… II-Bob. GEOGRAFIK LANDSHAFT VA UNING KOMPONENTLARINI TABIIY GEOGRAFIYA KURSLARIDA O'RGANISH 2.1. Iqlim mintaqalari. .…… 2.2. Tabiat zonalligi va tabiat zonalari… 2.3. Balandlik mintaqalari…… XULOSA Foydanilgan adabiyotlar ro'yhati……. ILOVA. Geografik qobiqning tarkibiy qisimlari va ularning o'zaro ta'siri Geografik qobiqning vertikal va gorizantal tuzilishi ham unung asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi .Geografik qobiqning vertikal tuzilishi deganda ,uning tarkibiy qisimlarining tarkibiy qisimlarining balandlik bo'ylab joylashgan holatini tushunish lozim .Geografik qobiqning gorizantal tuzilishi tabiat komplekslarining kenglik va uzunlik bo'ylab tarqalishi va almashi kelishida nomayon bo' ladi Bunga iqlim mintaqalari ,tabiat zonalari yaqol misoldir . 1.2 .Mintaqaviy- zonal tizimlar. yerning shakli sharsimonligi tufayli Yer yuzasida Quyosh issiqligi va nurlari notekis taqsimlanadi, bu esa geografik qobiqda mintaqaviylikni keltirib chiqaradi. Natijada Yer yuzasidagi barcha tabiiy geografik jarayonlar mintaqaviy xususiyatga ega. Ular geografik qobiqda kengliklar bo'yicha tarqaladi. Geografik qobiqda hodisa va jarayonlarning tarqalishidagi bunday qonuniyat iqlim ko'rsatkichlari, o'simlik guruhlari, tuproq turlari uchun xos. Mintaqaviylik gidrologik va geoximik jarayonlarni namoyon bo'lishida ham ro'y beradi.Demak, geografik qobiqda hodisa va jarayonlarni mintaqaviy, ya'ni kengliklar bo'yicha tarqalishining asosiy sababi Yer yuzasida Quyosh nurlari va issiqlikning notekis taqsimlanishidir. 2.1. Iqlim mintaqalari Yer yuzasida haroratning notekis taqsimlanishi natijasida iqlim mintaqalari vujudga keladi. Yer yuzasida asosiy va oraliq iqlim mintaqalari hosil bo'ladi. Asosiy iqlim mintaqalarida yil bo'yi bir xil havo massalari hukmron bo'ladi. Oraliq iqlim mintaqalarida havo massalari fasllar bo'yicha o'zgarib turadi. Geografik qobiqda 13 ta iqlim mintaqasi ajratiladi: ekvatorial, ikkita subekvatorial, ikkita tropik, ikkita subtropik, ikkita mo'tadil, subarktika va subantarktika, arktika va antarktika.2.1 reja- jadval. Geografik mintaqalar va ularning maydoni 2.2. Tabiat zonalligi va tabiat zonalari. Geografik qobiqda tabiat komplekslarining ekvatordan qutblar tomon qonuniy almashinishi zonallik deyiladi. Zonallik geografik qobiqning eng muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Zonallikning asosiy sababi Yer yuzasida issiqlik va namlikning notekis taqisimlanishidir. Yerning sharsimonligi tufayli geografik qobiqda Quyosh nuri va issiqligi notekis taqsimlanadi. Natijada geografik qobiqda harorat, bug'lanish, yog'inlar, shamollar, iqlim, nurash va tuproq hosil bo'lish jarayonlari, o'simlik va boshqalar ham kengliklar bo'yicha zona-zona bo'lib tarqalgan. yer yuzasi bir xil bo'lgan taqdirda, har bir tabiat zonasi g'arbdan sharqqa cho'zilgan uzun hududdan iborat bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.65 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.65 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga