6-sinf geografiya darsligi asosida 67-68-mavzu: Old Osiyo Geografik o'rni. Old Osiyo o'lkasi Kichik Osiyo yarimoroli, Armaniston va Eron tog'liklarini o'z ichiga oladi. Bu o'lka shimolda Sharqiy Yevropa, sharqda O'rta Osiyo, janubi sharqda Janubiy Osiyo, janubda Janubi-g'arbiy Osiyo o'lkalari bilan chegaralanadi. Geologik tuzilishi. Old Osiyo zamini paleozoy erasida vujudga kelgan. Kaynozoy erasida sodir bo'lgan alp tog' burmalanishi davrida yana qayta ko'tarilgan va yashargan. O'lka hududi tektonik jihatdan faol bo'lib, Alp-Himolay seysmik mintaqasiga kiradi. Relyefi. Relyefi, asosan, past va yassi tog'liklardan iborat. Old Osiyoning relyefi shimol va sharqdan janub va g'arbga tomon nishab. O'lkaning g'arbiy va janubiy chekkalarida pasttekisliklar joylashgan. Old Osiyo hududida balandligi 200 metrdan oshmaydigan pasttekisliklardan tortib, mutlaq balandligi 5 00 metrdan ortadigan baland tizmalarni uchratish mumkin. Kavkaz, Pontiy, Tavr, Zagros, Elbrus tog'lari ana shunday tizmalar sirasiga kiradi. Old Osiyoning eng baland nuqtasi Kavkaz tog'ida bo'lib, balandligi 5 642 m ga yetadi. Iqlimi. Old Osiyoning iqlimi o'ziga xos bo'lib, g'arbida, asosan, O'rta dengiz iqlimi, janubi sharqida esa subtropik kontinental iqlim vujudga kelgan. O'lkaning shimolida o'rtacha havo harorati qishda -15 °C ni, yozda +20 +24 °C ni, janubida esa qishda +2 +10 °C ni, yozda +32 °C ni tashkil qiladi. Yoz oylarida ba'zi joylarda havo harorati +45 +50 °C gacha yetadi. Yillik yog'in miqdori o'lka shimolida 50 - 100 mm ni, janubida 350 - 500 mm ni tashkil etadi. Tog'larda 1 00 mm gacha yog'in yog'adi. Ichki suvlari. Kura, Karun, Xarirud, Atrek, Kashofrud, Araks daryolari Old Osiyoning eng yirik daryolaridir. Shu bilan birgalikda o'lka hududida Urmiya, Van va boshqa kichik ko'llar bor. Tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi. Old Osiyoda, asosan, och kashtan, qo'ng'ir va och jigarrang, o'rmon qo'ng'ir va tog' podzol tuproqlar tarqalgan. Cho'llarda qumli cho'l tuproqlari uchraydi. O'lkada o'simliklardan dub, buk, grab, eman, yovvoyi tok, chirmoviq, xandon pista, xurmo daraxti, jiyda kabi o'simliklar o'sadi. Hayvonlardan tog' qo'yi va echkisi, yo'lbars, qoplon, to'ng'iz, cho'l mushugi, jayron, chiyabo'ri, turli kemiruvchilar, ilonlar, qushlardan qizil g'oz, o'rdak, baliqchi qush va boshqalar yashaydi. 6-sinf geografiya darsligi asosida 68-mavzu: Darslik va 6- sinf atlasidagi xaritalar asosida o'z bilimingizni sinab ko'ring va baholang. Buning uchun dastlab barcha paragraflardagi atama, tayanch tushuncha va nomlar, nazorat uchun savollarga bergan javoblaringizni eslang va yana takrorlang. Old Osiyo Reja: Old Osiyo to'g'risida tabiiy geografik tavsif. Tabiiy geografik oblastlari: Kichik Osiyo tog'liklari. Armaniston tog'ligi. Eron tog'ligi. Old Osiyo. Old Osiyo yassi tog'ligi O'rta dengiz bo'yi qirg'oqlaridan to tibetgacha cho'zilib borgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Armaniston va Eron yassi tog'liklari kiradi. O'lkaning atroflari ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.52 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:58
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.52 MB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:58 ]
Arxiv ichida: ppt