Olovli yer (Avstraliya va okeaniya)

Olovli yer (Avstraliya va okeaniya)

O'quvchilarga / Geografiya
Olovli yer (Avstraliya va okeaniya) - rasmi

Material tavsifi

Olovli yer Reja: Olovli yerdagi landshaft. Daraxtlar hukmron shamollar yo'nalishi tomonga qiyshaygan. Avstraliya va okeaniya Avstraliya va okeaniyada vulkanizm hamda yer qimirlashlar Avstraliya va neoavstraliya orollari Tabiati shakllanishining Asosiy bosqichlari Tektonik tuzilishi va relefi Avstraliya va unga yaqin orollarning foydali qazilmalari Iqlimi Olovli Yer deb Janubiy Amerikaning janubiy sohili yaqinida 53 va 55° janubiy kengliylar oralig'ida joylashgan o'nlab katta-kichik orollardan iborat arxipelagga aytiladi. U Chili bilan Argentinaga qaraydi. Orollar materikdan va bir-birlaridan tor va qing'ir-qiyshiq bo'g'ozlar orqali ajralgan. Eng sharqiy va eng yirik orol Olovli Yer yoki Katta orol deb ataladi. Arxipelag geologik va geomorfologik jihatdan And tog'lari va Patagoniya platosining davomidir. G'arbiy orollarning qirg'oqlari qoyali hamda fordlar chuqur o'yib yuborgan, sharqiy orollarniki esa tekis va kam o'yilgan. Olovli Yerdagi Landshaft. Daraxtlar hukmron shamollar yo'nalishi tomonga qiyshaygan. Arxipelagning butun g'arbiy qismi balandligi 2400 m gacha bo'lgan tog'lar bilan band. Relefda qadimgi va hozirgi zamon muzliklari hosil qilgan shakllar katta rol o'ynaydi. Bular g'o'latoshlar (valunlar) uyumi, trog vodiylari, qo'y peshanalar va morena to'g'on ko'llaridan iborat. Muzliklar bo'lib yuborgan tog' tizmalari okeandan tik ko'tarilib turadi, ularning yonbag'ir larini egri-bugri fordlar o'yib kirgan. Eng katta orolning sharqiy qismida keng tekislik joylashgan. Chekka sharqiy qismini istisno qilganda Olovli Yer iqlimi juda sernam. Arxipelag doim qattiq va nam janubi-g'arbiy shamollar ta'sirida bo'ladi. G'arbda yiliga 300 mm gacha yog'in tushadi, yomg'ir ko'proq shivalab yog'adi va yiliga 300-330 kun yomg'irli bo'ladi. Sharqda yog'in miqdori keskin kamayadi. Temperatura butun yil bo'yi past bo'ladi va fasllarga qarab uncha ko'p o'zgarmaydi. Olovli Yer orolini yozgi temperaturasiga ko'ra tundraga, qishki temperaturasiga ko'ra subtropiklarga yaqin deyish mumkin. Olovli Yerning iqlim sharoiti muzliklarning rivojlanishi uchun qulay. G'arbda qor chegarasi 500 m balandlikda joylashgan va muzlar bevosita okeanga tushib, aysberglarni hosil qiladi. Tog' tizmalarini muz qoplagan va faqat o'tkir cho'qqilargina muzdan baland ko'tarilib turadi. Arxipelagning tor okean sohilida, asosan g'arbiy sohilida doimiy yashil va barg to'quvchi daraxtlardan tashkil topgan o'rmonlar o'sadi. Janubiy buk, magnoliya gullilardan oq xushbo'y gullaydigan kanelo (Drumis Winteri) va bazi bir tur ignabartlilar xarakterlidir. O'rmonlarning yuqorigi chegarasi qor chegarasiga deyarli to'g'ri keladi. Ayrim joylarda 500 m dan yuqorida, bazan dengiz bo'yida ham (sharqda) o'rmonlar siyrak subarktika tog' o'tloqlari bilan almashinadi, bu o'tloqlarda gullaydigan o'simliklar va torfzorlar yuq. Doim kuchli shamollar esib turadigan rayonlarda siyrak va past bo'yli qing'ir-qiyshiq daraxtlar hamda butalar to'p-to'p bo'lib o'sadi, ularning shox-shabbalari bayroqqa o'xshab shamol ketayotgan tomonga cho'zilgan. Olovli Yer arxipelagi va Janubiy And tog'lari o'lkasining hayvonot dunyosi taxminan bir xil hamda juda o'ziga xosdir. Bu yerda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 824.55 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 824.55 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga