Organizmlarning yer qobiqlariga ta'siri

Organizmlarning yer qobiqlariga ta'siri

O'quvchilarga / Geografiya
Organizmlarning yer qobiqlariga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Organizmlarning yer qobiqlariga ta'siri 5-sing Geografiya darsligi asosida 31 § - mavzu O'simlik va hayvonlar, mikroorganizmlar atmosferaga, ayniqsa, uning gaz tarkibiga katta ta'sir ko'rsatadi. O'simliklar havodan karbonat angidridni olib, o'rniga kislorod chiqaradi. Karbonat angidrid Kislorod Havodagi hamma kislorodni o'simliklar hosil qilgan va uni doimo yangilab turadi. Shuning uchun o'simliklarni «kislorod fabrikasi» deyishadi. Hozirgi vaqtda dunyodagi o'rmonlarning uchdan ikki qismi qirqib yuborilgan. O'simliklarning bundan ham kamayishi juda xavfli. Ularni asrash va ko'paytirish zarur. O'simliklar karbonat angidridni olib, kislorod chiqarsa, hayvonlar, aksincha, havodan kislorod olib, karbonat angidrid chiqaradi. Shunday qilib, tabiatda o'simliklar bilan hayvonlar havodagi kislorod bilan karbonat angidrid miqdorini boshqarib turadi. Karbonat angidrid Kislorod Organizmlarning Yerning suv qobig'i - gidrosferaga ta'siri bormi? Albatta bor, ular okeanlar suvining tuz tarkibiga juda katta ta'sir ko'rsatgan. Ma'lumki, okean va dengizlar suvining tuz tarkibi butun dunyoda bir xil. Ammo daryolar suvining tuz tarkibi boshqacharoq. Daryolar suvida kalsiy tuzlari eng ko'p. Okean suvida esa bunday tuzlar eng kam. Bunga okean va dengizlarda yashaydigan organizmlar sababchi ekan. Okeandagi organizmlar suvdan o'zlariga kerakli moddalarni, ayniqsa, kalsiy tuzlarini oladi. Ularga kalsiy tuzlari suyaklarini, chig'anoqlar va zirhlarini hosil qilish uchun kerak bo'ladi. Organizmlarning litosferaga, ayniqsa, uning ustki qismiga ta'siri juda katta. Chunki, eng ko'p o'simlik va hayvonlar uning ustida Biosfera - hayot qobig'i hayot kechiradi. Tuproq nima? Uni faqat tog' jinsi deb ham, faqat organik modda deb ham bo'lmaydi. U yemirilgan tog' jinsi zarralaridan va gumus (chirindi)dan iborat. Tuproqda bulardan tashqari suv, havo va turli xil tirik organizmlar bo'ladi. Tuproq tarkibida millionlab mikroorganizmlar mavjud. Mikroorganizm juda mayda, ko'zga ko'rinmaydigan jonivordir. Ular tuproqqa tushgan organik qoldiqlarni tezda chiritib, gumusga aylantiradi. Tuproqda chirindi qanchalik ko'p bo'lsa, u shuncha unumdor hisoblanadi. Eng unumdor tuproq - qora tuproq. Bunday tuproq o't ko'p o'sadigan dasht yerlarda tarqalgan. Mamlakatimizda cho'l sur tuproqlari va bo'z tuproqlar ko'p. Ularni sug'orib, o'g'it solib, yaxshi parvarish qilinsa, mo'l hosil beradi. Lekin tuproqlarni suv yuvib ketishidan, cho'llardagi tuproqlarni esa sho'r bosib ketishidan, shamol uchirishidan asrash zarur. Savol va topshiriqlar: 1. Organizmlar Yerning havo qobig'iga qanday ta'sir ko'rsatadi? 2. Daryolar okeanlarga keltirgan kalsiy tuzlari nimalarga sarf bo'ladi? 3. Organizmlar ta'sirida Yer po'stida qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi? 4. Tuproq nima? 5. Siz yashaydigan joyda qanday tuproq turlari uchraydi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.06 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.06 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga