Orol dengizining tarixiy geografik nomlari XX asrning 60- yillarigacha Orol dengizining suv sathi, maydoni va boshqa gidrografik xususiyatlari ancha muhim bo'lgan, chunki uni Amudaryo va Sirdaryo uzliksiz suv bilan ta'minlab turgan. Ammo 1960 yildan boshlab, dengizning suv sathi tez pasaya boshladi va 10 yil davomida 2,0 m ga, keyingi ikki o'n yillikda esa 5,7 va 7,2 m ga pasayib qoldi. Suv hajmi ham shunga mos holda 1093 km3 dan 330 km3 ga, ya'ni uch martadan ko'p qisqarib ketdi. 1995 yilga kelib, keyingi 35 yil ichida dengiz suvining sathi 17 m pasayib ketganligi ma'lum bo'ldi. Natijada dengiz dastlab ikkiga, Katta va Kichik dengizlarga bo'linib ketdi. 199 yilda esa Kichik dengizning suv sathi 2,5 m ga pasaygan bo'lsa, Katta dengizning suv sathi esa 34 m belgiga yetdi (Chub, 200). Hozirgi kunda dengizning 3 qismga bo'linganligi ma'lum. Ko'pchilik gidrolog va geograf tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, Orol dengizi sathining bunday o'zgarib ketishining asosiy sababi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining antropogen omil ta'sirida dengizga yetib borishining kamayganligi tufayli, dengizda suv muvozanatining buzilishi, ya'ni dengizga suvning kirib kelishiga nisbatan chiqib ketishi (bug'lanish) ning oshib ketganligidir. Shunday qilib, Yer yuzasidagi eng katta ko'llardan biri bo'lgan Orol, keyingi 40 yil ichida, ya'ni bir avlod ko'z o'ngida, jadal quriy boshladi va o'zining noyob ekologik va geografik xususiyatlarini yo'qotib qo'ydi. Orol dengizi va uning yon-atroflari ekologik tanazzulga yuz tutdi. Hozirgi kunda global ekologik muammoga aylanib ulgirgan Orol dengizi qadimgi davrlarda ham sayyoh geograflarni qiziqtirib kelgan. Orol va Orolbo'yi bugungi kunda ko'plab ilmiy ishlarning tadqiqot obyektiga aylanmoqda. Bu yerdagi ekologik o'zgarishlar o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. O'tgan davrlardagi mualliflarni qiziqtirgan Orol dengizi kelajakda ham qiziqtirishi tabiiydir. Shuni inobatga olib, ushbu maqolada Orol dengizi tarixda qanday nomlar bilan atalganligiga to'htalib o'tamiz. Orol tarixini o'rganish vaqtida turli manba va adabiyotlarda uning turlicha nom bilan atalganligini uchratish mumkin. Orolning turli davrlarda qanday atalganligi va qachondan Orol dengizi deb aytilayotganligi ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Antik davr manbalarida Orol dengizi haqida ma'lumotlar deyarli yo'q. Shunga qaramay yunon olimi Ptolemey (II asr) va Ammian Marsellin (IV asr) asarlarida Oks ko'li yoki botqoqligi deb aytganligini uchratish mumkin. Lekin Oks ko'lining Orol yoki Sariqamish botig'i ekanligi aytib o'tilmagan. Xitoy solnomalarida Orol dengizi Shimoliy dengiz deb atalgan. Ularda alanlar va turklar o'lkasida daryolar tog'lardan shimolga oqishi hamda qandaydir Shimoliy dengizga quyilishi aytilgan. Arablarning O'rta Osiyoga kelishi (VII asr) bilan Orol dengizi o'rni, tabiati va unga quyiluvchi daryolar haqida ko'plab batafsil ma'lumotlar yig'ilgan. Arab geografi Ibn Hurdodbeh (IX asr) Masofalar va mamlakatlar kitobi da ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.47 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.47 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:59 ]
Arxiv ichida: doc