Orol va orolbo'yini tabiiy geografik rayonlashtirishda muhim manba Orol va Orolbo'yi hozirgi kunda ko'plab olimlar va jamoatchilik e'tiborini tortib kelayotgan hududlar sirasiga kiradi. Bunga sabab Orol dengizining suv sathi yil sayin pasayib borayotganligidir. Ma'lumki, XX asrning 60-yillaridan boshlab O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'istonda yangi yerlarning o'zlashtirilishi oqibatida Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga yildan-yilga kam suv keltira boshladi. Shu sababli dengiz chekinib, bu yerda o'ziga xos yangi landshaftlar vujudga keldi. Natijada turli taksonomik qiymatdagi tabiiy geografik komplekslarning ham chegaralari va maydonlari o'zgardi. Shu munosabat bilan O'zbekistonning tekislik qismidagi, ayniqsa, Orol atrofidagi tabiiy geografik rayonlar va okruglarning chegaralarini qayta ko'rib chiqishga va mavjud rayonlashtirish sxemalariga o'zgartirishlar kiritishga to'g'ri keladi. Bu, o'z navbatida, oldingi bajarilgan rayonlashtirish sxemalarini ma'lum miqdorda tahlil qilishga undaydi. Quyida R.I.Abolinning O'rta Osiyoni tabiiy tarixiy rayonlashtirish asoslarinomli asari haqida ayrim mulohazalarimizni bildirmoqchimiz. Chunki, bu asar ko'pam o'quvchi qo'liga yetib bormayapti, shu bilan birga O'rta Osiyoni tabiiy geografik rayonlashtirish masalalarida noyob manba bo'lib qolmoqda. Muallifning yozishiga qaraganda, ushbu asar 1925 yildayoq tayyorlangan edi. Ammo uning nashr qilinishi biroz cho'zilib, 1929 yildagina amalga oshirildi. Shu sababli, R.I.Abolinning 1926, 1927, 1928 yillardagi Balxash, Issiqko'l, Tyanshan sirtlari, Qirg'iz Olatovi, Chotqol, Farg'ona tizmalariga Farg'ona vodiysi va Ohangaron havzasining yuqori oqimlariga hamda Mirzacho'lga qilingan marshrutlarida to'plangan ma'lumotlar ham hisobga olingan. O'rta Osiyo deganda, R.I.Abolin 480 shimoliy kenglikdan janubdagi Eron, Afg'oniston va Xitoy davlat chegaralarigacha bo'lgan hududlarni tushungan. Ana shu katta hududning tabiiy geografik jihatdan ichki tafovutlarini aniqlashda, R.I.Abolingacha ikki xil, ya'ni regional (B.A.Fedchenko va boshqalar) va zonal (N.A.Seversov, A.N.Krasnov, YE.P.Korovin va boshqalar) yondashish hollari mavjud edi. Bunda regional prinsip tarafdorlari, odatda, uchta provinsiya: 1) Orol-Kaspiy cho'l provinsiyasi, 2) Turkiston tog'lik provinsiyasi va 3) Pomir-Tibet baland tog' provinsiyasini ajratish bilan kifoyalanganlar. Rayonlashtirishda zonal prinsip esa tadqiqotchilar tomonidan ko'proq tog'li hududlar yoki uncha katta bo'lmagan hududlarda qo'llanilgan. Tabiiy sharoitdagi ichki tafovutlarni keltirib chiqaruvchi asosiy omil deb, R.I.Abolin relyefdan so'ng iqlimni hisoblagan. Uning ham hamma elementlarini emas, balki havo harorati bilan atmosfera yog'inlarinigina asos qilib olgan. Uning fikricha, O'rta Osiyoning shimoliy hududlari bilan janubidagi havo haroratidagi farqlar sezilarlidir. Bu farqlar ayniqsa fevral oyida kuchayib 16,70 S ga yetadi. Yoz oylarida esa farq 7-80 atrofida bo'ladi. Demak, yoz oylarida havoning o'rtacha harorati shimoldan janubga tomon har bir gradus kenglikka 0,7-0,80 ortib boradi. Bu holatni muallif O'rta Osiyoni rayonlashtirishda albatta inobatga olish zarur, deb hisoblaydi. Demak, joyning geografik kengligi havo haroratiga kuchli ta'sir etadigan omil hisoblanadi. Bu jihatdan ikkinchi omil joyning mutlaq balandligidir. R.I.Abolin bu ikki omildan tashqari yana bir qator ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.68 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.68 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:59 ]
Arxiv ichida: doc