Orolbo'yi mintaqasining ekologik muammolari va uning oqibatlari hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta'siri natijasida atrof muhitda sezilarli o'zgarishlar ro'y bermokda. Jumladan, iqlim o'zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmokda. oqibatda o'rmon bilan koplangan maydonlar qisqarmokda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmokda. Tabiiy muhit holatining inson ta'sirida o'zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta'sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chikaradi. Jumladan, shu kabi ta'sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inqirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan Orol muammosi vujudga keldi. Bu xakda quyidagi ma'lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi satxi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv xajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 gl gacha, Orolning sharqiy kismida esa 280 gl gacha etdi. Orol dengizi deyarli o'lik dengizga aylandi. ko'rib kolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, kum-tuzli aerozollarini tarkatish manbaiga aylandi. Bu yerda xar yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko'tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida erlarning tanazzulga uchrashi va cho'llashish suratlari o'sib bormokda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning takidlashicha: Orol dengizining yo'kolib borishi xavfli ekologik muammo, aytish mumkinki, milliy faloqatga aylandi. Orol dengiz muammosi ildizi uzoq o'tmishga borib takaladi. Ammo XX asrning 60-90 yillarida u tahdidli darajaga etdi. Butun Markaziy Osiyo hududi bo'ylab sugorish inshootlarining izchillik bilan qurilishi Orol faloqatining sababchisi bo'lib koldi Bugungi kunda Orolbo'yi - ekologik faloqat hududi, Prezidentimiz fikricha, Orol inqirozi - insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va ijtimoiy faloqatlardan biriga, dengiz xavzasida yashovchi 35 mln. aholi uning ta'siri ostida koldi. Favkulodda qiyin ekologik vaziyat, ichimlik suvi sifatining yomonlashuvi hudud aholisi salomatligiga katta salbiy ta'sir o'tkazdi. Orolbo'yi aholisi uchun ichimlik suvining asosiy manbasi - Amudaryo suvi bo'lib, undagi har xil tuzlar, kimyoviy elementlar va birikmalar borligi tufayli ichimlik suvi sanitariya me'yorlariga to'gri kelmay hududda epidemiologik vaziyat vujudga kelishiga sharoit tugdiradi. O'tgan asrning 60-yillaridan boshlab hududda o't xaltada tosh paydo bo'lishi, surunkali gastrit, buyrak kasalliklari va kizilo'ngach raki kabi kasalliklar ko'paya boshladi. Avval dengiz yirik transport, balikchilik va boshqa xo'jalik xam iqlim ahamiyatiga ega edi. Bugungi kunda Orol dengizini o'rnida asosan 6 ta koldik ko'llar hosil bo'lgan. Orol dengizining ko'rib ketgan erlaridan shamol orqali havoga tuz va chang ko'tarilib, yuzlab kilometr hududlarga tarkalmokda. Bu nafaqat Orolbo'yi, balki undan uzoq hududlarda xam kurgokchilikni keltirib chikarmokda. Orolning kurigan tubidan ko'tarilgan chang-to'fonlari ilk bora 1975 yili kosmik tasvirlar natijasida aniqlangan, hozirda esa ular ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.4 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.4 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:59 ]
Arxiv ichida: doc