O'rta asr va buyuk geografik tadqiqotlarga tayyorgarlik davri geografiyasi (II - XV asrlar) Reja: 1. Uyg'onish (renesans) davri 2. O'rta asrlar geografiyasi UYG'ONISH (RENESANS) DAVRI Bu davr Markaziy Osiyo,Eron, Xitoy (IX-XII va XV asrlar), G'arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkur tarixi davri. revesans atamasi dastlab Italiyadagi madaniy va ma'naviy yuksalish (XIV-XYI asrlar)ga nisbatan qo'llanilgan, uni o'rta asrchilik turg'unligidan yangi davrga o'tish bosqichi deb hisoblaganlar.Uyg'onish davrida tafakkur va ilmu-ijodda dogmatism, jaholat va mutaasiblikni yorib o'tib,insonni ulug'lash,uning iste'dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, antic davr (yunon-rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish, diniy sxolastikadan qutulib fan, san'at va b.larni rivojlantirishdan iborat edi. Osiyoda uyg'onish davri Yevropadagiga nisbatan ilgariroq sodir bo'lgan. Osiyoda bu davr Musulmon renesansi yoki Sharq Uyg'onishi deb nom olgan. Sarq Uyg'onish davriulug' allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar, shu jumladan geografiyda Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Aburayxon Beruniy, Ahmad al-Farg'oniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulug'bek, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino jahonshumul kashfiyotlar qildilar.[ Muhammad Xorazmiy, Jayhoniy, Balxiy, Abu Abdulla Xorazmiy, Beruniy, Mahmud Qoshgariy, Zamaxshariy, Hofizi Abru, Giyosiddin Naqqosh, Zahiriddin Bobur] O'rta asrlar geografiyasi. O'rta asrlarda Yevropada oltin davrdagi yutuqlar unutildi, chunki Yerning sharsimonligi rad etildi, fanning rivolanishi xristiyan dinining ixtiyorida bo'ldi. Yevropada o'rta asrlar davrining boshidagi geografik tasavvurlar bibliyadagi aqidalardan va antik fandagi ilmiy g'oyalardan (shu jumladan Yerning sharsimonligi to'g'risidagi ta'limotdan) tozalangan ayrim xulosalardan iborat edi.Kosma Inikoplovning (VI asr) Xristian topografiyasi kitobida Yer skinaya, ya'ni barcha tomondan suv bilan yuvilib turadigan yassi to'rt burchak shaklda, Quyosh tog' ortida yashirinadi, barcha katta daryolar jannatda boshlanib, okean ostida oqadi, deb bayon qilinadi. Bu kitobda ko'rsatilishicha, suvlikning ayrim qismlari quruqlik ichiga kurfazlar sifatida kirib kelgan; kartada Rim dengizi (O'rta Yer dengizi), Arabiston dengizi, Kaspiy dengizi markazi Iyerusalim (Quddus) shahri bo'lgan quruqlik ichiga kurfazlar singari kiritilib tasvirlangan. Asli monax va savdogar bo'lgan Kosma Indikoplovning geografik qarashlari usha davrdagi boshqa kartalarda ham o'z aksini topadi. Hozirgi O'rta Yer dengizining Osiyo sohili, ya'ni Iyerusalim (Quddus) va uning atrofi quruqlikning va Olamning markazi sifatida tasvir etilib, undan sharq tomonda jannat joylashtirilgan. Bunday tasavvurning asosida geosentrik g'oya turar edi. O'rta asrlar geografiyasining rivojlanishi ayrim noma'lum yerlarning kashf etilishii hisobiga rivojlandi. Normanlar tomonidan Islandiya, Grenlandiya va Shimoliy Amerikada muhim geografik kashfiyotlar qilindi.Skandinaviya yarim orolida yashovchi normanlar mohir dengizchi bo'lganliklari sababli ular yashaydigan yerlardan uzoq-uzoqlarga borib, orollar va dengiz bo'yi yerlarini kashf etganlar. Ular Angliya, Fransiya, hatto Konstantinapol va Shimoliy Amerikagacha yetib borishgan. Fransiyaning hozirgi «Normandiya» yarim oroli va uning shu nomli viloyatining nomi usha davrdan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.86 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:50 ]
Arxiv ichida: doc