O'rta Osiyo adir, tog' va yaylov o'simliklari

O'rta Osiyo adir, tog' va yaylov o'simliklari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo adir, tog' va yaylov o'simliklari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 28-mavzu: Adir o'simliklari. Adirlar cho'l va tog'lar o'rtasidagi oraliq zona hisoblanadi. Adirlar dengiz sathidan 500-700 m dan 1200-1600 m gacha baland bo'lgan tog'oldi qirlaridir. Adirlar o'simligi, asosan, rang o'simliklaridan tarkib topgan. Rang o'simliklari orasida ko'pincha ko'p yillik yirik o'tlar - qo'ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug'doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag'alli baland yerlarida butalar o'sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo'tako'z o'sadi. O'rta Osiyo tog'lari Elbrus tog'larining sharqiy qismidan Torbog'otoy tog'ining sharqigacha cho'zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo'lgan davriga ko'ra bir-biridan farq qiladigan Tyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog', Jung'oriya Olatovi, Torbog'otoy, Hindukush, Safedko'h, Bandi Turkiston tog'lari bor. Tog' mintaqasi dengiz sathidan 1200 -1500 m dan 2800 - 300 m balandlikkacha bo'lgan yerlarda joylashgan. Tog'larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o'rtacha harorati 17-19°C dan oshmaydi. Yog'in miqdori ancha ko'p (600-800 mm, ayrim joylarda 100 mm ga yetadi). Tog' o'simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko'ra ikki asosiy tipga: tog'-dasht va tog' o'rmonlari (daraxt-buta) o'simliklariga ajratish mumkin. Tog'-dasht o'simliklari, asosan, tog' mintaqasining quyi qismlarida o'sadi. Ular, asosan, bug'doyiq, har xil o'tlar, qo'ziquloq, astragal, bo'tako'z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu mintaqada na'matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi butalarning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na'matak juda keng tarqalgan bo'lib, na'matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na'matakzorlarni ko'pincha G'arbiy Tyanshan tog'lari, Zarafshon, Turkiston tog'lari hamda Janubiy Tojikistondagi 1500-2300 metr balandliklarda ko'p uchratish mumkin. Tog' mintaqasida daraxt-buta o'simliklari ko'p, ular ayrim joylarda qalin o'rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o'sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong'oq, yovvoyi olma, tog'olcha va do'lanalardir. Dengiz sathidan qariyb 200 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Tyanshan va Torbog'otoy, Jung'oriya Olatovi tog'larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat katta-katta o'rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan qoraqarag'ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor. O'rta Osiyo tog'larida keng bargli o'rmonlar, asosan, G'arbiy Tyanshan, Hisor va Janubiy Tojikiston tog'larida (g'arbiy va janubiy yonbag'irlarida) tarqalgan. Bu o'rmonlarning o'ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko'pligidir: olma, tog'olcha, nokning juda ko'p xili o'sadi. Bu yerda yong'oq, bodom va do'lananing turli xillari bor. Janubdagi tog' o'rmonlarida anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tok o'sadi. Yong'oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G'arbiy Tyanshanning ayrim qismlarida va, asosan, Farg'ona tog' tizmasida joylashgan. Yaylov o'simliklari. Tog' mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700-2800 m va undan baland) joylarni tog' yaylovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog' mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo'ladi. Qisqa yoz faslida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.67 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:50 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.67 MB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga