O'rta Osiyo cho'l o'simliklari

O'rta Osiyo cho'l o'simliklari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo cho'l o'simliklari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 27-mavzu: Cho'l o'simliklari. O'rta Osiyo hududining g'arbiy qismi juda katta tekislikdan iborat bo'lib, u yerda qumli, toshloq (gipsli), gilli cho'llar tarqalgan. Ko'p yerlarni, ayniqsa, pastroq gilli yerlarni sho'ra o'simliklar o'sadigan sho'rxoklar egallagan. Qumli cho'l o'simliklari. O'rta Osiyoda qumli cho'llar Bo'rsiq cho'llari, Mo'yinqum, Qoraqum, Sariqsuv va Balxashbo'yi qumlari, Orolbo'yi Qoraqumi, Unguzorti Qoraqumi hamda Qizilqumning katta maydonlarini egallaydi. Qumli cho'llarning katta qismida qumda o'suvchi o'simliklar: daraxtlardan oq saksovul (ba'zan bo'yi 6-7 metrga yetadi), yirik juzg'un ko'p. Butalardan qum akatsiyasi, chala butalardan shuvoq, pechak va sho'raklar juda ko'p tarqalgan. Bu yerda o'tlar orasida iloq, lola, boychechak, gulsapsar, boshoqlilardan qo'ng'irbosh, arpag'on ko'p. Toshli, ya'ni gipsli cho'llar kichikroq maydonni egallaydi. Ular Ustyurt, Qorsoqboy, Betbaqdala, Mang'ishloq, Qoraqum, Qizilqumdagi qoldiq tepalik va past tog' etaklarida keng maydonlarni egallagan. Toshli cho'llarda o'simliklar siyrak bo'lib, faqat shuvoq, chala buta shaklidagi sho'raklar, tuyatovon, kermak, toshbaqatol, kavrak kabi o'simliklar o'sadi. Shuvoq ko'p uchraydi. Sho'rxok cho'l o'simliklari. Sho'rxok yerlarda, asosan, sho'ralarning ba'zi turlari: bir yillik sho'rak, qorabargo't, qizil sho'ra, yer bag'irlab o'sadigan chala buta sarisazan, shuningdek, ajriq, qora saksovul, burgan o'sadi (20- rasm). Lyossli cho'l yoki efemer cho'l o'simliklari. Efemer cho'llar O'rta Osiyoning qalin soz tuproq (lyoss) qatlamlari mavjud bo'lgan sharqi va janubidagi tog' etaklaridagi tekisliklarda tarqalgan. Ular Mirzacho'lda, Zarafshon vodiysida, Badxiz cho'lida, Kopetdog' oldida, Murg'ob - Amudaryo oralig'ida, Toshkent yaqinidagi Keles tekisligida, shuningdek, Qashqadaryo ham da Surxondaryoning tog'oldi hududlaridagi qalin lyossli yerlarda uchraydi. O'rta Osiyoning efemer cho'llarida rang va qo'ng'irbosh boshqa o'simliklarga qaraganda ko'p uchraydi. Bu yerda boychechaklar, ayiqtovon, arpag'on, mortuq, chitir, lolalar va boshqa ba'zi o'simliklar o'sadi. To'qay o'simliklari. O'rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida, ko'llar bo'yida to'qay o'simliklari ko'p o'sadi. Bu yerlarda namlik, issiqlik, yorug'lik va oziqa moddalarning yetarli bo'lishi o'ziga xos tabiiy kompleks - to'qaylarni vujudga keltirgan. To'qaylarda o'simliklarning 3 turi: daraxt, buta va o't o'simliklari o'sadi. Daraxtlardan, asosan, turang'il, tol va jiyda eng ko'p tarqalgan. Butalar yulg'un, jing'il va oqtikandan iborat. Qayirlarning pastki qismidagi sernam yerlarda, asosan, qamish yoki qo'g'a, balandroq va quruqroq yerlarda yirik g'allagulli o'simliklar - savacho'p, oqbosh, yantoq, qizilmiya va boshqa o't o'simliklari o'sadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.1 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.1 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga