O'rta Osiyo daryolari

O'rta Osiyo daryolari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo daryolari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 21-mavzu: O'rta Osiyoda 12 mingga yaqin daryo bor. Ular o'lkada juda notekis joylashgan. 10 mingdan Ortiq daryo tog'larga to'g'ri keladi. Faqat yirik daryolargina cho'llarni kesib o'tgan. Daryolar yomg'ir, qor, muzlik, yerosti suvlaridan to'yinadi. O'rta Osiyo daryolari to'yinishiga, ya'ni qayerdan suv Olishiga qarab 4 guruhga bo'linadi. 1. Muzlik va qor suvlaridan to'yinadigan daryolar (Amudaryo, Zarafshon, So'x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv). Bu daryolar Tyanshan, Pomir-Oloy tizmalaridagi muzlik va doimiy qorlardan suv oladi, ular yozda sersuv bo'ladi (17- rasm). 17- rasm. Zarafshon daryosining irmog'i - Fandaryoning yuqori oqimi. 2. Qor va muzliklarning erishidan to'yinadigan daryolar (Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo). Bu daryolarning suvi, asosan, iyun, iyul oylarida ko'payadi. 3. Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to'yinadigan daryolar (Ohangaron, Qashqadaryo). Bu daryolarning suv oladigan manbalari past tog'larda bo'lib, suvi bahorda ko'payib, ba'zan toshadi, yozda esa sayozlanib qoladi. 4. Mavsumiy qor va yomg'ir suvlaridan to'yinadigan daryolar (Murg'ob, Tajan, Atrek, G'uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, To'rg'ay daryolari, Farg'ona vodiysi va Nurota tog'lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar, soylar Bu daryolar, asosan, kichik, sho'x va kam suvli daryolar bo'lib, bahorda, ayniqsa, jala tarzida yog'adigan yomg'irlar vaqtida juda sersuv bo'ladi. Yerosti suvlaridan to'yinadigan daryo va soylar tog' etaklarida, adirlarda ko'p uchraydi. Ayniqsa, ular Farg'ona, Norin, Issiqko'l vodiylari, Nurota, Zarafshon tog' etaklarida ko'p. Amudaryo - O'rta Osiyoning eng sersuv daryosi. U Pomir tog'laridan oqib tushuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Uzunligi 2540 km, suv to'plash havzasining maydoni 309 ming km2 Amudaryo avvaliga chap tomondan Afg'onistondan oqib keluvchi Qunduzdaryoni, o'ng sohilda esa Kofirnihon va Surxondaryoni qo'shib oladi. Xuddi ana shu o'ng sohilda unga Sherobod daryosining suvi ham kelib qo'shiladi. Shu yerdan to quyilish joyi - Orol dengiziga qadar (salkam 1500 km masofada) tekislikda, Qoraqum va Qizilqum cho'llari orasidan keng o'zanda oqib o'tadi, bu qismida unga boshqa irmoqlar qo'shilmaydi, balki, aksincha, uning suvi juda ko'p miqdorda sug'orishga, bug'lanishga sarf bo'lib, yerga shimilib, kamayib qoladi. O'zbekiston va Turkmanistonda Qoraqum kanali, Amu-Qarshi, Amu-Buxoro kanallari, Xorazm vohasi va Qoraqalpog'istonda ko'p kanallar qurilgan. Amudaryo suvi bilan bir necha million gektar yer sug'oriladi. Sirdaryo - O'rta Osiyodagi eng uzun daryo (uzunligi 3019 km ). Uning havzasi 219 ming km2 . Markaziy Tyanshan tog'laridan boshlanuvchi Norin daryosi Sirdaryoning bosh qismidir. Norin daryosi Namangan shahri yaqinida Farg'ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Qoradaryo bilan qo'shiladi va shu yerdan Sirdaryo nomini oladi. Farg'ona vodiysidan chiqqach, daryo shimolga tomon oqa boshlaydi va shu yerda unga o'ngdan Ohangaron, Chirchiq, Keles daryolari kelib qo'shiladi. Sirdaryo shimolga tomon Qizilqumning chegarasi bo'ylab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 12.57 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 12.57 MB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga