O'rta Osiyo ko'llari

O'rta Osiyo ko'llari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo ko'llari - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: Orol dengizi Balxash ko'li Issiqko'l Iskandarko'l Sonko'l Korako'l Orol dengizi Orol dengizi O'rta Osiyodagi eng katta ko'ldir. U maydonining kattaligi jihatidan dunyoda to'rtinchi o'rinda turadi. Maydoni (orollari bilan birga) 66458 kv. km bo'lib, Issiqko'ldan qariyb 11 marta katta, shimoli-sharqdan janubi-g'arb tomonga 428 km cho'zilib boradi. 45- parallel bo'yicha eni 284 km, qirg'oq chizig'ining aylanasi 3238 km. Orol dengizi kotlovinasi tektonik yo'l bilan paydo bo'lgan, ammo o'zi qoldiq relikt ko'ldir. Orol dengizi cho'llar bilan o'ralgan oqmas berk ko'l bo'lib, unga faqat ikki katta daryo quyiladi. AMUDARYo SIRDARYo 313 ta katta-kichik orollar bor. OROL DYeNGIZIDA Ularning umumiy maydoni 2345 kv.km dir Orol dengizi suvsiz cho'l markazida joylashganligi, bu yerda havoning quruqligi hamda anchagina kuchli shamollarning esib turishi Orol dengizi suvining shunchalik ko'p buglanishiga sabab bo'ladi. Orol dengizi suvining ko'p va tez bug'lanishiga dengizning sayozligi ham ancha imkon beradi. Sayozlik natijasida dengiz suvi tez va kuchli isiydi, suvning temperaturasi bazan 25°, hatto 30° ga etadi. Shu sababli, Orol dengizida bug'lanish juda ko'p. Yuqorida aytilganidek, bug'lanish o'rta hisobda yiliga 920 mm ni tashkil etadi. Bu-taxminan 61 mlrd kub m suvdir. Demak, Orol dengizi g'oyat katta tabiiy bug'latgich havzadir. Orol dengizida suv sathining asrlar mobaynida ko'tarilibpasayib turishi kuzatiladi. Tekshirishlar shuni ko'rsatdiki. 1850 yildan 1880 yilga qadar uning suv sathi pasaygan, 1880 yildan boshlab qayta ko'tarilgan. 1874 yildan 1931 yilgacha o'rtacha yillik amplituda 3,1 m bo'lgan. Umuman, ko'p yillik ma'lumotlarga qaraganda, suv sathining asrlar davomida ko'tarilib-pasayib turishidagi farq 3,5-4 m ga boradi. Orol dengizi sathining pasayishi boshqa tomondan ham katta foyda keltirishi mumkin. Malumki, Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimlarida tez-tez katta suv toshqinlari bo'lib turadn. Dengizning suv sathi pasaysa, daryolarning eroziya bazisi pasayadi. Daryolar o'zanini chuqurlatadi va atrofdagi hosildor yerlar esa toshqinlar xavfidan qutuladi. So'ngra, Orol dengizi sathining pasayishi bilan kelajakda dengiz tagidan bo'sha-gan oerunum yerlar paydo bo'ladi va bu erlarda issiqsevar ekinlardan mo'l hosil olish ajab emas. Kelajakda Orol dengizi tagining ayrim qismlarida daryo suvlari bilan sug'oriladigan obod vohalar paydo bo'lishi ham mumkin. BALXASh KO'LI Balxash ko'li dengiz sathidan 340 m baland turgap g'oyat katta kotlovinadir. Maydoni 17660 kv. km, uzunligi 605 km, eng keng joyi 74 km va tor joyi 8,5 km. Balxash ko'li janubi-g'arbdan shimoli-sharq tomonga yarim yoy tarzda cho'zilgan, uniig eng tor qismi Uzunorol bo'g'ozi deb ataladi. Qo'lning sharqiy qismi bilan g'arbiy qismi gidrologik xususiyatlari jihatidan bir-biriga mutlaqo o'xshamaydi. Balxash ko'lining kalta, lekin keng g'arbiy qismi sayoz va suvi, asosan, chuchuk, qirg'oqlari o'yilgan, egri-bugridir; ko'lning sharqiy qismi esa uzun, tor, chuhur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga