O'rta Osiyo mamlakatlarida aholi joylashuvi muammolari Reja: 1.Aholi zichligining asosiy ko'rsatkichlari. 2.O'zbekiston Respublikasi aholisining hududiy tarkibi. qirg'iziston va Tojikiston Respublikalarida aholi joylashuv xususiyatlari. 3.Turkmaniston aholi geografiyasi. Inson faoliyati, uning tabiatga ta'siri, hududning iqtisodiy o'zlashtirilganligi darajasi ko'p jihatdan aholi zichligida o'z ifodasini topadi O'rta Osiyo mintaqasida o'rtacha aholi zichligi har 1 km2 maydonga taxminan 30 kishini tashkil etadi. Biroq, bu «o'rtacha» ko'rsatkich, xolos, haqiqiy, real borliq esa ancha boshqacha va murakkabroq. Gap shundaki, o'lkaning ko'p qismida (cho'l va tog'larda) aholi juda siyrak joylashgan. Binobarin, bunday rayonlarda aholi zichligi past. Ayni paytda maydoni jihatidan nisbatan kichik, ammo inson ta'siri natijasida qadimdan yuqori darajada o'zlashtirilgan ma'lum va mashhur bo'lgan voha-vodiylarda aholi o'ta tig'iz. Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida aholi zichligi 1 km2 ga 55 kishiga yetdi (200 y.). Hududning demografik yuklamasi ayniqsa Farg'ona vodiysi, Chirchiq va Xorazm vohalarida, ya'ni qadimdan sug'oriladigan dehqonchilik rayonlarida juda yuqori. Masalan, Xorazm viloyatida zichlik 213 kishini, Namangan viloyatida 250 kishidan ziyod, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida (Toshkent shahri bilan) 380-440 kishiga teng, Andijon vilolyatida esa ushbu raqam nihoyatda yuqori -512 kishi. Shu bilan birga keyingi yillarda o'zlashtirilgan rayonlarda ham aholi joylashuvi ancha zichlashib bormoqda. Bunga dalil sifatida Sirdaryo viloyatini olish kifoya. Bu yerda hozirgi kunda har 1 km2 maydonga 131 kishi to'g'ri keladi. Aholi zichligi bo'yicha ikkinchi o'rinda Tojikiston Respublikasi turadi (40 kishidan ortiq). Ammo bu mamlakatda aholi nihoyat darajada notekis o'rnashgan: zichlik Leninobod viloyatida 100 kishi atrofida bo'lsa, Tog'li Badaxshonda-3 kishi. Hisor hamda Vaxsh vodiylarida mazkur demografik ko'rsatkich nisbatan yuqori. Ayni paytda qirg'iziston Respublikasining (25 kishi) biror ma'muriy viloyatda aholi zichligi 50 kishidan oshmaydi. Chuy va O'sh viloyatlarida zichlik biroz yuqori bo'lsa, Issiqko'lda va Norinda u juda past. 1-Jadval O'zbekiston Respublikasi aholisining hududiy tarkibi (1.01.02., ming kishi hisobida). Hududi jihatidan eng katta, ammo aholisi bo'yicha eng kichik bo'lgan Turkmaniston Respublikasida zichlik atigi 9 kishini tashkil etadi, xolos. Biroq, bu mamlakatda ham sug'oriladigan kichik vohalarda (Murg'ob, Tajan, qizil Atrek va h.k.) aholi nisbatan tig'iz joylashgan. Aholi sonining viloyatlararo taqsimlanishini O'zbekiston Respublikasi misolida ko'rish mumkin (jadvalga qarang). O'rta Osiyo Respublikalarining urbanizatsiya darajasi ancha past bo'lib, bu holat qator tarixiy, iqtisodiy va demografik omillariga bog'liq. Mintaqadagi mavjud 175 shahar va 250 shahar tipidagi paselkalarda (shaharchalarda) jami aholining taxminan 40 foizi yashaydi. Bu ko'rsatkich Turkmanistonda birmuncha yuqori (45%). Ammo bunday vaziyat Respublika iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini aks ettirmaydi, bilaks, u mamlakatning o'ta qurg'oqchilik sharoitida aholining katta miqyosda hududiy mujassamlashuv imkoniyati yo'qligidan darak beradi. qirg'iziston aholisining 38 foizi shahar joylariga to'g'ri keladi. Tojikistonda esa bu ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.24 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
54.24 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:51 ]
Arxiv ichida: doc