O'rta Osiyo mintaqasining tabiiy, iqtisodiy, siyosiy geografik o'rni

O'rta Osiyo mintaqasining tabiiy, iqtisodiy, siyosiy geografik o'rni

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo mintaqasining tabiiy, iqtisodiy, siyosiy geografik o'rni - rasmi

Material tavsifi

O'RTA OSIYO MINTAQASINING TABIIY, IQTISODIY, SIYOSIY GEOGRAFIK O'RNI REJA 1.O'rta Osiyo mintaqasining tabiiy gepgrafik o'rni. 2. O'rta Osiyo mintaqasining chegaralari. 3. O'rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o'lka sifatida ajratishga asos bo'ladigan tabiiy xususiyatlari O'rta Osiyo Yevrosiyo materigining o'rtasida joylashgan. O'lkaning eng shimoliy nuqtasi 53,8° shimoliy kenglikda, Ayirtov yaqinida, eng janubiy nuqtasi Hindukush tog'larining g'arbiy tarmog'i bo'lgan Safedko'h tog' tizmasi bilan Nishopur tog'lari tutashgan joyda (34° shimoliy kenglik), g'arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang'ishloq yarimorolidagi Tubqarag'ay burnida (50,3° sharqiy uzunlik) va sharqiy nuqtasi Savir tog'-larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85,6° sharqiy uzunlik) joylashgan. O'rta Osiyo hududning okean va dengizlardan ancha uzoqda - materikning ichki qismida joylashganligi, bu yerda quruq va kontinental iqlimning tarkib topishiga sabab bo'lgan. Natijada hamma yerda, ya'ni faqat tekislikdagina emas, balki, tog'larda ham cho'l tipidagi landshaft vujudga kelgan. O'rta Osiyoning muhim xususiyatlaridan yana biri uning berk havza da joylashganligidir. Buning ma'nosi shundan iboratki, o'kadagi mavjud daryolarning birontasi ham ochiq dengizlarga etib borolmaydi va ular bilan bog'lanmaydi, natijada bu daryolar o'lka ichidagi ko'llarga quyiladi, yokiy chala cho'l va cho'llarda tugab qoladi. O'rta Osiyo ko'llari va tekisliklari eroziya bazislaridir. Ddaryolar tog'lardagi yemirilgan mayda tog' jinslarini olib kelib, shu berk havzaga yotqizadi. Shimoldan janubga 2200 km va g'arbdan sharqqa 2750 km ga yaqin masofaga cho'zilgan. O'rta Osiyo o'lkasining geografik kengligi Janubiy Yevropao'lkasi, Afrikadagi Atlas tog'lari geografik kengligiga to'g'ri keladi. U yerlardagi mamlakatlar iliq mo'tadil va subtropik tabiatli mamlakatlardir. O'rta Osiyo yirik materikning o'rtasida, dengiz va okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli juda qurg'oqchil o'lkadir. CHEGARALAR: Shunday qilib, O'rta Osiyo o'lkasi chegaralarini quyidagicha belgilash mumkin. G'arb tomonda Kaspiy dengizi qirg'oqlari chegara bo'ladi. Shimoli-g'arbiy chegara Emba daryosining quyar joyidan janubroqdan boshlanib, Ustyurt platosi shimoliy chinklari bo'ylab o'tadi va Mug'ojar tog'larining janubiy etaklarigacha boradi. Bu chegara Sharqiy Yevropaplatformasi bilan yosh Òuron platformasi chegarasiga to'g'ri keladi. Chegara 58° sharqiy uzunlik va 48° shimoliy kenglikkayetgandan keyin shimolga, shimoli sharqqa burilib Qustonoygacha davom etadi va undan Ayirtovga boradi. So'ngra chegara sharq va janubi sharqqa tomon Qozog'iston pasttog'larining shimoliy etaklari bo'ylab davom etib, Qozog'iston - Xitoy chegarasida Savir tog'larining shimoliy etagiga keladi. O'rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o'lka sifatida ajratishga asos bo'ladigan tabiiy xususiyatlari quyidagilar: O'rta Osiyo hududida relief formalarining tashkil topishidagi charioting umumiy xususiyati ham bu yerni yaxlit bir hudud - o'lka deb qarashga asos bo'la oladi. Keltirilgan ma'lumotlaga asosan tabiiy geografik jihatdan O'rta Osiyo chegerasining ancha shimoldan- Qozog'istonning ichki qismidan o'tishi asoslab berilgan. O'rta Osiyoning tabiiy geografik o'lka tushunchasidagi ana shunday chegaralarni dastlab I.V. Mushketov (188 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 121.38 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 121.38 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga