O'rta Osiyo o'simliklari

O'rta Osiyo o'simliklari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo o'simliklari - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: O'RTA OSIYO O'SIMLIKLARI. REJA 1.Dasht o'simliklari. 2.Chalacho'l va cho'l o'simliklari. 3.Adir o'simliklari. 4.Tog' va yaylov o'simliklari. 5. To'qay osimliklari. O'RTA OSIYO O'SIMLIK KARTASI DASHT O'SIMLIKLARI O'rta Osiyoda Qozog'iston past tog'larining 52° shimoliy kenglikdan shimoldagi yerlarda tarqalgan. Bu yerda janubiy qora tuproqlar ustida Qizgish chalov, betaga, yaltirbosh, qo'ng'irbosh ko'p o'sadi. Quruqroq toshloq tuproqlarda shuvoq, qarag'an, tubulg'a, itbodom va boshqalar uchraydi. Chalacho'l o'simliklari. Bu yerda boshoqli o'tlardan Shimolda 52° shimoliy kenglikdan janubda 48° shimoliy kenglikkacha bo'lgan yerlarda tarqalgan. Chalacho'llar iqlimi dasht va cho'l iqlimlari orasidagi oraliq iqlim bo'lganligidan bu yerda cho'l o'simliklarini ham, dasht o'simliklarini ham uchratish mumkin. Shuvoq, chalov, izen, qo'ng'irbosh aralash holda o'sgan yerlar ko'p Sho'rlangan qo'ng'ir tuproqlarda Oq shuvoq, boyalich, qora shuvoq, burgan o'sadi Cho'l o'simlikalri. Cho'l o'simliklari quydagi guruhlarga bo'linadi Qumli cho'l o'simliklari Sho'rhok cho'l o'simliklari Lyossli cho'l o'simliklari Qumli cho'l o'simliklari Oq saksovul Yirik juzg'un Shoraklar Pechak Qo'ng'irbosh Arpag'on Astragallar Gulsapsar Efdra Qum akatsiyasi SHO'RHOK CHO'L O'SIMLIKLARI Shorak Qorabargo't Qizil sho'ra Sarsazan Qora sksovul Burgan Ajriq LYOSSLI CHO'L YOKI EFEMER CHO'L O'SIMLIKLARII Rang, qo'ng'irbosh, ayiqtavon, arpag'on, Mortuq, chitir, lola, boychechak. ADIR O'SIMLIKLARI Adirlar ikki qisimga bo'linadi Quyi adirlar dengiz sathidan 500-800 m baland Baland adirlar dengiz Sathidan 100-1200 m balantdir ADIR O'SIMLIKLARI Qo'ziquloq, oqqurqy Qizil shuvoq, bug'doyiq Pista, bodom Kampirchopon Qizilcha Bo'tako'z TOG' VA YAYLOV O'SIMLIKLARI Tog' va yaylov o'simliklari ikkiga bo'linadi. Tog' osimliklari Yaylov o'simliklari TOG' O'SIMLIKLARI Qo'ziquloq, astragal, bo'tako'z, yovvoyi beda namatak, zirk, yovvoyi olcha, yovvoyi olma, yong'oq, tog'olcha, do'lana, archa, zarang, bodom, anor, tok, xurmo, jilonjida va boshqalar. YAYLOV O'SIMLIKLARI Yaylov ikkiga bo'linadi Sup alp Qo'ng'irbosh tulki quyriq Yorongul oq anemon Qo'ziquloq chayir Pushti qo'qongul Alp o'tloqlqri Bu yerda qiyoqning bir turi To'ng'zsirt o'sadi YAYLOV O'SIMLIKLARI To'qay o'simliklari To'rang'il, tol, jiyda, yulg'un, julg'un, oqtikanak, qorabarak, savatcho'p, oqbosh, yantog', qizilmiya. ...

7-sinf geografiya darsligi asosida 26-mavzu: O'rta Osiyo o'simliklari O'rta Osiyo o'lkasida 900 ga yaqin o'simlik turi bor. Lekin tekisliklarda o'simlik turlari kam - 100 turga yaqin. Tog'larda esa qalin va turlarga boy 800 dan ortiq o'simlik mavjud. O'rta Osiyoning relyef va o'simlik xaritalariga nazar tashlasangiz, uning yerusti tuzilishida 4 ta mintaqa - tekislik-dasht, chalacho'l, cho'l hamda adir, tog' va yaylov tabiiy geografik komplekslari ko'zga yaqqol tashlanadi. Ana shu komplekslarning har biri o'ziga xos agroekologik sharoitga ega bo'lib, ularni bir-biridan yaqqol ajratuvchi eng asosiy tabiiy komponent o'simliklar dunyosidir. O'rta Osiyoning barcha tog'larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi - 3 ta balandlik mintaqasi - adir (tog'oldi), tog' va yaylov yaqqol ko'zga tashlanadi. O'rta Osiyoning shimoliy tekislik qismlarini dasht va chalacho'l zonalari egallagan. Ular Orol dengizining shimoliy kengliklarida cho'llar bilan almashinadi. Dasht o'simliklari O'rta Osiyoda Qozog'iston past tog'larining 52° shimoliy kenglikdan shimoldagi yerlarda tarqalgan. Bu yerda janubiy qora tuproqlar ustida boshoqli o't o'simliklari o'sadi. Bular orasida qizg'ish chalov, betaga, yaltirbosh va qo'ng'irbosh ko'p bo'lib, quruqroq toshloq tuproqlarda shuvoq o'sadi. Butachalardan qarag'an, tobulg'i, itbodom va boshqalar uchraydi. Chalacho'l o'simliklari shimolda 52° shimoliy kenglikdan janubda 48° shimoliy kenglikkacha bo'lgan yerlarda tarqalgan. Bu yerda cho'l o'simliklarini ham, dasht o'simliklarini ham uchratish mumkin. Bu yerda boshoqli o'tlardan shuvoq, izen, chalov, qo'ng'irbosh aralash o'sgan yerlar ko'p. Sho'rlangan qo'ng'ir tuproqlarda oq shuvoq, boyalich, qora shuvoq, burgan o'simliklari keng tarqalgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 19.59 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 19.59 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga