O'rta Osiyo shaharlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi

O'rta Osiyo shaharlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo shaharlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyo shaharlarining paydo bo'lishi va rivojlanishi Reja: 1.Shahar tushunchaci. 2.O'rta Osiyoning qadimgi shaharlari to'g'risida Yunon-Rim-Xitoy manbalari 3.O'rta Osiyoning o'rta asr shaharlari to'g'risida - arab mulliflarining asarlari manba sifatida Shahar tushunchaci. O'rta Osiyo hududida sunggi bronza va ilk temir davrida bo'lib utgan etnik jarayonlar nafaqat O'rta Osiyo, balki keyingi davrlarda Hindistondan Janubi-Sharqiy yevropagacha bo'lgan ko'shni davlatlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega edi. Bu davr O'rta Osiyo etnik tarixini o'rganishning mushkulligi yozma manbalarning yukligi va arxeologik manbalarning to'lik va aniq ma'lumotlar bera olmasligidan iboratdir. Shunga qaramasdan keyingi davr ma'lumotlari, tarixiy-lingvistik ma'lumotlar va har kuni kupayib borayotgan arxeologik manbalar bu sohada bir necha muhim va ancha aniq xulosalarni chiqarishga imkoniyat beradi. O'rta Osiyo haqidagi dastlabki yozma manbalar bu hududda miloddan avvalgi 7-6 asrlarda eron tilida so'zlashadigan etnik guruhga mansub bir necha xalq va elatlarning-sug'dlar, baktriyaliklar, margiyonaliklar, xorazmiylar, parfiyaliklar, saklar va xoka'zolar yashaganligi to'g'risida ma'lumot beradilar. Bu xalqlar va ayniqsa xorazmiylar, sugdliklar va baktriyaliklar asosida O'rta asrlarda (11-12 asrlar) o'zbek xalqi shakllanadi. Biz urganayotgan davrga kelib xar bir elat biron hududni o'zlashtirib shu yer xam ularga mos nom bilan atalgan: baktriyaliklar- Baktriya, sugdliklar- Sugdiyona, xorazmiylar- Xorazm, margiyonaliklar- Margiyona, parfiyaliklar- Parfiya. Ko'chmanchi xalqlar va xususan saklarning rivojlanishi arxeologik ma'lumotlarga karaganda miloddan avvalgi 6 asrga borib takaladi. O'rta Osiyoda miloddan avvalgi 7-6 asrlardan oldin xam eroncha tilda so'zlashadigan xalqlarning yashaganligini miloddan avvalgi 1 mingyillikning dastlabki asrlarida Xorazmda yaratilgan muqaddas «Avesto» kitobi xam tasdiklaydi. Bu asarda shuningdek O'rta Osiyo viloyatlari va ularga tutash hududlar xam eslatib utiladi: Sugd, Margiyona, Xorazm, Baktriya va xoka'zolar. Shuningdek «Avesto»da yarimafsonaviy «Aryonam Vayjo» ya'ni «Oriylar yurti» to'g'risidagi xotiralar xam mavjud. Bu hudud oriylarning dastlabki yashagan joyi hisoblangan. Ko'pgina olimlar bu yurtni Xorazm bilan boglaydilar. Ammo, fikrimizcha bu nafaqat Xorazm balki kengrok butun O'rta Osiyo va unga shimolda tutash viloyatlar xam kirgan. O'rta Osiyo viloyatlarning eng qadimgi nomlari Yasnaning 3 kitobi va Videvdatning 1 kitobida sanab utiladi. Yasnadagi davlatlar ruyxatida bu eroncha tilda so'zlashuvchi elatlarning vatani «Aryonam Vayjo» yoki «Oriylar yurti». Bu yurtda ko'plab yaylovlar, o'zun toglar, kullar va daryolar mavjud. Bu yurtdan keyin Porutu, Iskata, Mouru, Gova, Sugda, Xvarizam yurtlari sanab utiladi. Yasna kitobida oriylar yurti to'g'risida kuyidagicha yozib utiladi: «Bu yurtning kushinlari kupgina yurishlar uyushtiradilar, keng yaylovlarda kupgina mollarni bokadilar». «Videvdat» kitobida zardushtiylarning ulug va dono xudosi Axuramazda paygambar Zaratushtraga kuyidagilarni xabar qiladi: «Spitama Zaratushtra. Odamlar yashaydigan joylarda baxt kam bulsa xam Men ularga tinchlik va xotirjamlik yaratganman. Birinchi bo'lib Men Odamlar uchun Vanxvi Dat'yo daryosi buyida eng yaxshi yurt bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.34 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.34 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga