O'rta Osiyo suv omborlari va ularning xo'jalikdagi ahamiyati

O'rta Osiyo suv omborlari va ularning xo'jalikdagi ahamiyati

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo suv omborlari va ularning xo'jalikdagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Tabiiyot va geografiya fakulteti Geografiya o'qitish metodikasi yo'nalishi 3 «B» guruh talabasi Ergasheva Mahbubaning «Tabiiy geografiya» fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Qo'qon- 2014 O'qituvchi: Meliboyeva F. MAVZU: O'rta Osiyo suv omborlari va ularning xo'jalikdagi o'rni O'zbekistonda so'nggi yillarda sun'iy suv havzalari - suv omborlar ko'plab qurilgan. Bu suv omborlar asosan daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to'plab, yozda ekin dalalariga berish uchun qurilgan mavsumiy bo'lib, asosan sug'orish maqsadi uchun barpo etilgan. O'zbekiston suv omborlari sathining o'zgarishi daryo rejimiga va suv xo'jalik talabiga bog'liq. Qishloq xo'jalik ekinlari uchun suv kerak bo'lmaganda va ayniqsa bahorgi daryolarning to'lin suv davrida omborlarga suv to'planib uning sathi ko'tarilsa, aksincha, yozda to'plangan suv sug'orishga sarflanib, suv sathi pasayib qoladi. O'zbekistonda suv omborlari ko'p bo'lib, ularning eng muhimlari Qayroqqum, Tuyamo'yin, chorbor, Andijon, Kattaqo'rg'on, Janubiy Surxon, chimqo'rg'on, Quyimozor, Pachkamar, Tuyabo'riz, (Toshkent), Karkidon, Uchqizil va boshqalar Malumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida mavsumdan-mavsumga va u yildan bu yilga o'zgarib turadi. O'lkamiz sharoitida, qishloq xo'jaligida suvga bo'lgan talab ortgan mavsumlarda ko'pchilik daryo va soylarda suv keskin kamayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi. Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to'la va samarali foydalanish maqsadida ularning oqim rejimini boshqarib turish zarur. Bu muammoni daryolarda sun'iy ko'llar-suv omborlari barpo etish yo'li bilan hal etiladi. Suv omborlari qurish o'lkamiz kabi qurg'oqchil hamda qishloq xo'jaligi sug'orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko'pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta'minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta'minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi. Yer kurrasida juda ko'p suv omborlari qurilgan. Dunyodagi eng yirik suv ombori Viktoriya-Nil daryosida qurilgan Ouen­Fols (Viktoriya) suv ombori bo'lib, Keniya, Tanzaniya, Uganda davlatlari hududida joylashgan. Uning suv sig'imi 205 km3 (Viktoriya ko'li bilan qo'shib hisoblanganda) bo'lib, Nil daryosi oqimini yillararo boshqarishga mo'ljallangan. Rossiya hududida joylashgan Bratsk (Angara daryosi), Krasnoyarsk (Yenisey daryosi), Kuybishev (Volga), Qozog'istondagi Buxtarma(Irtish) kabi suv omborlari nafaqat mazkur mamlakatlar hududida, balki butun Yevrosiyo materigida ham eng yirik suv omborlari hisoblanadi. Daryolar suvidan yanada unumliroq foydalanish maqsadida O'rta Osiyoda keyingi yillarda bir qancha suv omborlari loyihalandi va qurildi (4-jadval). Ularning ko'pchiligidan bir yo'la qishloq xo'jaligi, sanoat, baliqchilik va energetika maqsadlarida foydalanish mumkin. Ana shunday suv omborlariga Sirdaryodagi Chordara, Qayroqqum, Chirchiq daryosidagi Chorbog' kabilar misol bo'ladi. Ayni paytda Norin daryosida To'xtag'ul, Qoradaryoda Andijon, Vaxsh daryosida Norak kabi yirik suv omborlari qurib bitkazildi. Bu suv omborlari to'g'onlarida suv elektr stansiyalari (GES) qurilib, ular hozirgi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga