O'rta Osiyo tabiat zonalari

O'rta Osiyo tabiat zonalari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyo tabiat zonalari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 30-mavzu: Tabiat zonalari Tekislik tabiat zonalari. O'rta Osiyoning turli qismlarida quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkalsm2), janubida ko'proq (160 kkalsm2). Bu esa haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim mintaqasi ichida o'ziga xos tabiat zonalarining hosil bo'lishiga olib keladi. O'rta Osiyo hududida baland tog'lar joylashganligi sababli harorat va namlikning balandlik bo'yicha o'zgarishi tufayli balandlik mintaqalari vujudga kelgan. O'rta Osiyo hududi mo'tadil mintaqaning janubida va subtropik mintaqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan. Mo'tadil iqlim mintaqasida dasht, chalacho'l va cho'l zonalari, subtropik mintaqada subtropik cho'llar zonasi joylashgan. Dasht zonasiga To'rg'ay platosining shimoliy qismi, Qozog'iston past tog'larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. Zonaning shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to'q kashtan tuproqlari tarqalgan. Dasht o'simliklari, asosan, pakana qiyoq, chalov, betaga, zig'ir, yo'ng'ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat. Hayvonlardan kemiruvchilar ko'proq tarqalgan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to'liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan. Chalacho'l zonasiga To'rg'ay supasimon o'lkasining janubiy qismi, Qozog'iston past tog'larining juda katta janubiy qismi kiradi. Havo harorati yozda yuqori, namlik yetishmaydi, qishi qattiq. Asosan, kashtan tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatan kamroq. Dehqonchilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho'rlangan. Asosiy o'simliklari burgan, qora shuvoq, ko'kpek. Cho'l zonasiga Turon tekisligi va Balxashbo'yi tekisliklari kiradi. O'rta Osiyoda, asosan, qumli, toshli, gilli cho'llar tarqalgan. Cho'llarning hosil bo'lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog'in miqdorining kamligi, oqar suvlarning yo'qligi. O'simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo'lmaydi. Tuproqlari, asosan, qumli, sur-qo'ng'ir, gilli, toshloq va bo'z tuproqlar. Bo'z tuproqlar sug'orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho'rxoklar va sho'rtoblar ham uchrab turadi. O'simliklari, asosan, saksovul, yantoq, quyonsuyak, sho'ra va shuvoqlardan iborat. Hayvonlardan chayon, falanga, gekkon kaltakesagi, bo'g'ma ilon, ko'zoynakli ilon, efa iloni, echkemarlar yashaydi (25- rasm). Cho'l zonasining o'simlik va hayvonot dunyosi qurg'oqchil sharoitga moslashgan. O'simliklarningildizi uzun, bargi kichik, ignasimon yoki butunlay yo'q. Hayvonlar inlarida yashaydi yoki qum orasiga kirib ketadi, ba'zilari kunduzi uxlab, kechasi ovga chiqadi, ba'zilari yozda butunlay uyquga ketadi. Subtropik iqlim mintaqasi tabiat zonalari. Bu mintaqaga, asosan, Turkman-Xuroson tog'lari va Atrek vodiysi kiradi. Bu yerlarda quruq subtropik iqlim vujudga kelgan. Tuproqlari bo'z, tog' yonbag'irlarida changalzorlar, archazorlar va pistazorlar tarqalgan. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi. Balandlik mintaqalari. O'rta Osiyo tog'larining etagi cho'llarga borib taqalganligi uchun balandlik mintaqalari cho'ldan boshlanadi va asta-sekin subalp, alp o'tloqlarigacha almashinadi. Cho'l mintaqasi ko'proq Markaziy Qizilqumdagi tog' etaklari va yonbag'irlarida, Kopetdog', Sulton-Uvays tog'i etaklarida tarqalgan. Chalacho'l mintaqasi. Bu mintaqaga, asosan, tog' oldidagi adirlar kiradi, balandligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 651.36 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 651.36 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga