O'rta osiyo tabiiy o'lkasining geografik o'rni, chegaralari va o'ziga xos xususiyatlari

O'rta osiyo tabiiy o'lkasining geografik o'rni, chegaralari va o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta osiyo tabiiy o'lkasining geografik o'rni, chegaralari va o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 2-mavzu: O'rta osiyo tabiiy o'lkasining geografik o'rni, chegaralari va o'ziga xos xususiyatlari Xaritadan O'rta Osiyo o'lkasiga qo'shni o'lkalarni ko'rsatib, nomlarini aytib bering. Toshkentdan Hind, Atlantika va Shimoliy Muz okeanlarigacha bo'lgan masofani xaritadan masshtab yordamida aniqlang. O'rta Osiyo Yevrosiyo materigining o'rtasida joylashgan. O'lkaning eng shimoliy nuqtasi 53,8° shimoliy kenglikda, Ayirtov yaqinida, eng janubiy nuqtasi Hindukush tog'larining g'arbiy tarmog'i bo'lgan Safedko'h tog' tizmasi bilan Nishopur tog'lari tutashgan joyda (34° shimoliy kenglik), g'arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang'ishloq yarimorolidagi Tubqarag'ay burnida (50,3° sharqiy uzunlik) va sharqiy nuqtasi Savir tog'- larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85,6° sharqiy uzunlik) joylashgan. Shimoldan janubga 2200 km va g'arbdan sharqqa 2750 km ga yaqin masofaga cho'zilgan. O'rta Osiyo o'lkasining geografik kengligi Janubiy Yevropao'lkasi, Afrikadagi Atlas tog'lari geografik kengligiga to'g'ri keladi. U yerlardagi mamlakatlar iliq mo'tadil va subtropik tabiatli mamlakatlardir. O'rta Osiyo yirik materikning o'rtasida, dengiz va okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli juda qurg'oqchil o'lkadir. O'lkaning chegarasi juda murakkab. Janub va sharq tomonlarida chegara tog'larning suvayirg'ichidan o'tkaziladi. Chunki bu tog'lar iqlimiy va gidrografik chegaralar hisoblanadi. Lekin shimoli-g'arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy chegaralarni aniqlash ancha murakkab. Bu yerda iqlimiy chegaralar yo'q desa ham bo'ladi. Shuning uchun bu yerda tektonik chegaralar asos qilib olinadi. Shunday qilib, O'rta Osiyo o'lkasi chegaralarini quyidagicha belgilash mumkin. G'arb tomonda Kaspiy dengizi qirg'oqlari chegara bo'ladi. Shimoli-g'arbiy chegara Emba daryosining quyar joyidan janubroqdan boshlanib, Ustyurt platosi shimoliy chinklari bo'ylab o'tadi va Mug'ojar tog'larining janubiy etaklarigacha boradi. Bu chegara Sharqiy Yevropaplatformasi bilan yosh Òuron platformasi chegarasiga to'g'ri keladi. Chegara 58° sharqiy uzunlik va 48° shimoliy kenglikka yetgandan keyin shimolga, shimoli sharqqa burilib Qustonoygacha davom etadi va undan Ayirtovga boradi. So'ngra chegara sharq va janubi sharqqa tomon Qozog'iston past tog'larining shimoliy etaklari bo'ylab davom etib, Qozog'iston - Xitoy chegarasida Savir tog'larining shimoliy etagiga keladi. Sharqiy chegara Savir, O'rkashar, Moylitog', Jung'oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga tizmalari, Adenkur dovoni, Qarat, Xoliqtog' tizmalari suvayirg'ichi orqali o'tib, Xontangri tog' tuguniga keladi. Undan so'ng Ko'kshag'al, Otboshi tizmalari suvayirg'ichi orqali o'tib, Farg'ona tizmasiga tutashadi, so'ngra Oloy tog'larining sharqiy qismi va Sariko'l tizmasi bo'ylab o'tib, Hindukush tog'lariga tutashadi. Janubiy chegara Hindukush, Safedko'h, Nishopur tog' tizmalari suvayirg'ichi bo'ylab o'tib, Kaspiy dengizi qirg'og'i bilan tutashadi. (Xaritadan bu chegaralarni ko'rib chiqing.) O'rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o'lka sifatida ajratishga asos bo'ladigan tabiiy xususiyatlari quyidagilar: O'rta Osiyo okeanlardan uzoqda, materikning o'rtasida joylashgan. Eng yaqin okean - Hind okeanigacha bo'lgan masofa 100 km dan ortiq. Iqlimi - qishi ancha sovuq, yozi issiq, yog'in kam bo'lgan keskin kontinental iqlim. Suvlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga