7-sinf geografiya darsligi asosida 19-mavzu: O'rta Osiyo iqlimida ko'zga yaqqol tashlanadigan asosiy xususiyatlar - iqlimning keskin kontinentalligi, quyoshli kunlarning ko'p bo'lishi, yoz oylarida haroratning nihoyatda yuqoriligi, issiqlik resurslariga boyligi va nihoyat, hududning juda qurg'oqchilligidir. Ana shu umumiy iqlimiy xususiyatlar bilan birga, O'rta Osiyoning shimoliy va janubiy qismlari iqlimning bir qator muhim ko'rsatkichlari bo'yicha bir-biridan ancha farq qiladi. Jumladan, o'lkaning shimoliy qismlari iqlimining hosil bo'lishida Markaziy Osiyo, Sharqiy Sibir, Sharqiy Yevropaning ta'siri kattaroq bo'lsa, janubiy qismlarida O'rta dengiz va g'arbiy iliq shamollarning ta'siri ko'proq sezilib turadi. Shu sababli O'rta Osiyo hududi 2 ta iqlimiy kichik o'lkaga ajratiladi: 1) Qozog'iston iqlimi; 2) Turon iqlimi. Iqlimiy jihatdan ajratilgan bu ikki kichik o'lka o'rtasidagi chegara uncha aniq emas. Xaritada O'rta Osiyoning g'arbiy qismidagi Qorabo'g'ozgo'ldan Ustyurtning janubi, Qoraqum, Qizilqum cho'llarining shimoliy qismi bo'ylab chiziq o'tkazsak, Janubiy Qozog'istondagi Qoratov tizmasining shimoliy chekkasiga yetamiz. Undan keyin chegara Qoratov, Talas Olatovi va Farg'ona tizmasi orqali o'tadi. Ana shu shartli chiziq - chegaraning shimolida Qozog'iston iqlimi, janubida esa Turon iqlimi bo'ladi. Qozog'iston iqlimi bilan Turon iqlimi o'rtasidagi asosiy tafovutlar, eng avvalo, atmosferadagi harakat xususiyatlari ta'sirida vujudga kelgan. O'lkaning shimoliy qismidagi Qozog'iston iqlimiga qishda Markaziy Osiyo antisiklonining ta'siri katta bo'ladi, natijada, havoning harorati juda past bo'lib, qor qoplami ancha qalin, qahraton qish uzoq davom etadi. Yozda Qozog'iston hududida mo'tadil havo massasi uzoq vaqt turadi, siklon faoliyati kuchayadi, ob-havo tez-tez o'zgarib, yog'inlar yog'ib turadi. Qozog'iston iqlimi mo'tadil iqlim mintaqasiga kiritiladi. Turon iqlimi subtropik iqlim xususiyatlariga ega. Turon iqlimida yillik yog'inlarning 35-40 foizi qish va bahor oylariga, atigi 2-5 foizi yoz oylariga to'g'ri keladi. Qozog'iston iqlimida esa qishki va yozgi yog'inlar miqdori deyarli teng bo'ladi. Turon iqlimiga xos bo'lgan qishda «iliq» kunlarning ko'p bo'lishi Qozog'iston iqlimi uchun mutlaqo xos emas (16- rasm). ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:52 ]
Arxiv ichida: ppt