O'rta Osiyoning geografik o'rni, chegaralari va o'ziga xos xususiyatlari

O'rta Osiyoning geografik o'rni, chegaralari va o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyoning geografik o'rni, chegaralari va o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzuning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi Mashg'ulotning borishi Darsning tashkil etish shakllari: a) salomlashish b) davomat aniqlash. c) ob-havo so'rash d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish Dars uslubi. Savol-javob, guruhlarga bo'lish, suhbat. Dars rejasi: 1. O'qituvchining kirish so'zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). 3. Guruh a'zolariga juftlikda ishlash uchun topshiriq berish.(10daqiqa). 4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa). 5. Yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar (8 daqiqa). 6. Guruhlar taqdimoti (8 daqiqa). 7. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa). 8. O'quvchilarni rag'batlantirish va baholash (2 daqiqa). 9. Uyga vazifa. (2 daqiqa). 1. O'qituvchining kirish so'zi (1daqiqa). Darsning tashkil etilishi: a) salomlashish, davomatni aniqlash; b) o'quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish; 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). O'quvchilar 3 ta guruhga bo'linib, joylariga o'tirishadi (emblemalar ilova qilinadi). I-guruh. O'zbekiston II-guruh. Tojikiston II-guruh. Qozog'iston IV-guruh Qirg'iziston V- guruh Turkmaniston O'quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo'lgan qoidalar doska chetiga osib qo'yiladi. Oltin qoidalar: 1. Faollik. 2. Vaqtga rioya qilish. 3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik. 4. O'zaro hurmat. 5. To'g'ri javob uchun rag'bat. 6. O'ng qo'l qoidasi. 7. Bir yoqadan bosh chiqarish. 8. Intizom. Juftliklarga Bilaman, Bilishni istayman, Bilib oldim jadvali beriladi. O'quvchilar O'rta Osiyo o'lkasi haqida bilgan va bilishni istaganlarni yozadilar. Juftliklar ishi guruhlarda ko'rib chiqiladi va guruh a'zolaridan bir o'quvchi o'lka haqda bilganlarini bayon qiladi. Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. 1-guruhga: O'lkaning geografik o'rniga ta'rif bering. 2- guruhga: O'lkaning o'ziga xos xususiyatlarini sanab bering. 3-guruhga: O'rta Osiyo o'lkasi shimoldan janubga necha (km) masofaga cho'zilgan? 4-guruhga: O'lkaga ma'muriy jihatdan qaysi Respublikalar kiradi? 5-guruhga: O'rta Osiyo o'lkasida yashaydigan millat va elatlarni ayting. Guruh a'zolari boshqa belgilar orqali yangi guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga 5 ta Respublika bo'yicha bittadan topshiriq beriladi- bunda ular ular yozuvsiz xaritaga Respublika markazi va yirik shaharlarini belgilaydilar. 1-guruhga : Qozog'iston Respublikasi. 2 -guruhga: O'zbekiston Respublikasi. 3-guruhga: Qirg'iziston Respublikasi. 4-guruhga: Tojikiston Respublikasi. 5-guruhga: Turkmaniston Respublikasi. 5 daqiqadan so'ng guruh ishlari boshqa guruhga beriladi. Har bir guruh sardori o'zidan oldingi guruh bajargan ishini tahlil qilib beradi. Yangi guruhdagi o'quvchilar qadrdon guruhlariga qaytadilar. O'qituvchi yangi mavzu bayonidan oldin o'tgan darsda o'quvchilardan uyga topshiriq qilib Sirli sandiqcha dan olingan geografik atamalar yuzasidan o'z javob larini aytishlarini so'raydi. O'quvchilarning javobidan so'ng o'qituvchi tomonidan yangi mavzu bayon etiladi. 1. Childuxtoron- ( O'rta Osiyoning eng chekka janubiy nuqtasi (forschadan - Qirqqiz degan ma'yoni bildiradi) 2. Turkiston -( hozirgi O'rta Osiyo- tabiiy geografik ma'noda o'tmishda qo'llab kelingan Turkiston degan nomga to'g'ri keladi) 3. Qoragiyo botig'i - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.73 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.73 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga