O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlardagi tarixiy geografiyasi

O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlardagi tarixiy geografiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlardagi tarixiy geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'rta Osiyoning ilk o'rta asrlardagi tarixiy geografiyasi Reja: 1 Ilk feodal davlatlarning paydo bulish shart-sharoitlari 2 Eftalitlar davlatining tashkil topishi va chegaralari 3 Turk xokonligining siyosiy-iqtisodiy va etnik demografik geografiyasi. 4. Arab xalifaligi davrida Movorounnahrning tarixiy gеografiyasi. 5.O'rta Osiyoning IX-XII asrlardagi davlatlari tarixiy geografiyasi Ilk feodal davlatlarning paydo bulish shart-sharoitlari O'rta Osiyo tarixining V-VII asrlarini o'z ichiga oluvchi ilk feodalizm davri bir qancha siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy, shuningdek etnik jarayonlarning o'zgarishlari bilan izohlanadi. Bu o'zgarishlar shu vaqtda Markaziy Osiyo hududlariga kirib kelgan ko'chmanchi qabilalar bilan bog'liqdir. Bu qabilalarning kirib kelishi, hukmronligi va kelib chiqishi haqida tarixiy manbalarda bir-biriga zid bo'lgan ma'lumotlar uchraydi. Yuejilar hukmdori Tsidalo jujanlar tazyiqi tufayli qarorgohini Xini bolo shahriga ko'chirilganligi haqida ma'lumotlar beradi. Unda yana jasur yuejigi hukmdori Tsidolo o'z qo'shinlari bilan baland tog'dan o'tib shimoliy Hindistondagi Gand-xaradan shimoldagi 5ta davlatni bosib oldi deb ma'lumot beradi. Bu solnomalardagi 427 yildagi voqealar bayon qilingan. Yapon olimi K.Yenoki kidariylar 412-437 yillar oralig'ida Tohariston va Gandxarani qo'l ostida birlashtirgan deb fikr bildiradi. Kidariylar haqida yana ma'lumotlarni qoldirgan tarixchilardan biri Prisk Paniyskiydir U 456 yilda Sosoniylarning xunn-kidariy kabilalari bilan olib borgan urushlari haqida ma'lumotlar beradi. Xuddi shu tarixchi 464 yilda Sosoniylar shoxi Vizantiyadan xunn-kidariylarga qarshi urushda pul bilan yordam qilishini so'raganligini, bunda u sosoniylar xunn-kidariylarni engsa, bu ko'chmanchi qabilalar Vizantiya hududlariga tahdid solmasligini ta'kidlab o'tganligini yozadi. Bu yozma ma'lumotlardan tashqari numizmatik manbalar tahlil qilganda ham kidariylar ha-qida ma'lumotlar uchraydi. Braxma tilidagi bir qancha tangalar mavjud bo'lib, ularda kidara kushanama degan yozuvlar zarb qilingan. Ularni tahlil qilgan-da, Hindikushdan janubda 390-430 yillar oralig'ida zarb qilinganligi aniq bo'ladi. Shu narsa ma'lumki, Tsidolo va Kidara bir shaxs ismining ikki xilda atalishidir. Lekin Hindistonga kelgan kidariylar va Prisk Paniyskiy ma'lumotlaridagi sosoniylar urush olib borgan kidariylar o'rtasida qanday bog'liqlik borligi muammoli ma-saladir. Yana kidariylarning 477 yilda Gandxaradan Xitoyga elchilar jo'natganligi haqida dastlabki ma'lumotlar Ammian Martsellinda uchraydi. Uninng yozishicha, sosoniylar shoxi Shopur II 346-347 yillarda mamlakatining sharqiy chegaralarida Xionit va yovsinlar hujumini qaytargan I. Markvart yozuvida hatolik bor deb hi-soblab, keyingi atamani, ya'ni yovsinlarni kusenlar-kushonlar deb o'qishni taklif qildi. Agar bu faraz kabul kilinsa, xioniylar va kidariylar bir vaktda siesiy maydonga chikishgan buladi. Ammian Martsellin xioniylar xakidagi ma'lumotlarni davom ettirib, Shopur keyinchalik Xionitlar va gelak-lar bilan sulx tuzib, ittifok tuzishga erishganini eza-di. 359 yilda xioniylar ittifokchilik shartnomasiga so-dik kolib, Shopur 11 kushinlari bilan birga Suriyaning Amid shaxrini bosib olishda katnashadi. Bu jangda xio-niylarga Grumbat ismli kishi boshchilik kilgan 60 yillar oxiri va 70 yillar urtalarida Shopur 11 ikki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.25 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga