O'rta Osiyoning kichik o'lkalari va tabiiy rayonlari

O'rta Osiyoning kichik o'lkalari va tabiiy rayonlari

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Osiyoning kichik o'lkalari va tabiiy rayonlari - rasmi

Material tavsifi

7-sinf geografiya darsligi asosida 32-mavzu: O'rta osiyoning kichik o'lkalari va tabiiy rayonlari Turon kichik o'lkasiga g'arbda Kaspiy dengizi sohillaridan sharqda Farg'ona va Ko'kshag'altog' tizmalari tutashgan yergacha, shimolda Qizilo'rdadan janubdan 34° shimoliy kenglikkacha yoyilgan juda katta hudud kiradi. Shimoliy chegaralari Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning shimolidagi tekisliklar orqali o'tsa, sharqiy va janubiy chegaralari Qoratov, Talas Olatovi, Farg'ona, Sariko'l, Hindukush, Safedko'h, Nishopur, Elbrus tog'larining suvayirg'ichlaridan o'tadi. Kichik o'lka hududining taxminan yarmini tashkil etadigan shimoli-g'arbiy qismi yer yuzasi dengiz sathidan 200 m gacha baland bo'lgan pasttekisliklardan iborat. Kaspiy dengizi sohillari esa dengiz sathidan ham past. Yer yuzasi sharqqa tomon ko'tarilib borib, Hindukush tog'larida 7690 m (Tirichmir cho'qqisi)ga yetadi. Yer yuzasi balandligida farqlar katta bo'lishiga qaramay, butun kichik o'lka hududida iqlimdagi subtropiklarga xos xususiyatlar saqlanib qoladi. Iqlim quruq bo'lganligidan cho'l va chalacho'l landshaftlari ancha balandlikka (900-100 m) ko'tariladi, yanada balandga ko'tarilsa, tabiiy landshaftlar o'zgaradi. Shuning uchun tekislik landshaftlari bilan tog' landshaftlari orasidagi chegarani shimolda 600-700 m, janubda 900-100 m balandlikdan o'tkazgan ma'qul. Turon tabiiy geografik kichik o'lkasi hududida ikki guruh tabiiy geografik rayonlar ajratiladi: 1. Tog'li tabiiy rayonlar guruhi - G'arbiy Tyanshan, Janubiy Tyanshan, Pomir va Badaxshon, janubiy yosh tog'lar. 2. Tekislik tabiiy rayonlar guruhi - Qoraqum cho'li, Qizilqum cho'li, Kaspiybo'yi tekisligi, Xorazm tekisligi (Quyi Amudaryo), Badxiz-Qorabel qirlari, tog'oldi va tog' oralig'i tekisliklari (Mirzacho'l, Farg'ona, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari), Yuqori Amudaryo vodiysi (Surxondaryo, Vaxsh vodiylari, Shimoliy Afg'oniston). Qozog'iston kichik o'lkasiga g'arbda Ustyurt yassi qirlarining Kaspiybo'yi tekisliklaridan sharqda Savir tog'ining Muztog' cho'qqisigacha, shimolda Qozog'iston past tog'larining shimoliy chekkasidagi Ayirtovdan janubda Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning shimolidagi tekisliklargacha keng yoyilgan hudud kiradi. Kichik o'lka hududining taxminan to'rtdan bir qismini dengiz sathidan 200 m baland bo'lgan yerlar - Orolbo'yi qum tekisliklari, To'rg'ay supasimon o'lkasi, Kaspiybo'yi tekisliklari egallagan. Hududning katta qismi past tog'lar, qirlardan iborat. Janubi-sharqiy va sharqiy qismlarida yoshargan baland tog'lar (Tyanshan, Jung'oriya Olatovi) joylashgan. Balandliklar Òyanshan tog'ida 7439 m (G'alaba cho'qqisi) gacha yetadi. Qirlar, past tog'lar va tekisliklarda yog'in Òuron kichik o'lkasidagiga nisbatan ko'proq yog'ishiga qaramasdan, chalacho'l va cho'l landshaftlari eng ko'p uchraydi. Qumli cho'llar ham katta maydonlarni egallagan. Qozog'iston tabiiy geografik kichik o'lkasi hududida ham Turon tabiiy geografik kichik o'lkasidagiga o'xshab ikki guruh tabiiy geografik rayonlar ajratiladi: 1. Tog'li tabiiy rayonlar guruhi - Sharqiy Qozog'iston tog'lari, Shimoliy Tyanshan, Markaziy Tyanshan, Qozog'iston past tog'lari. 2. Tekislik tabiiy rayonlar guruhi - Ustyurt platosi va Mang'ishloq yarimoroli, To'rg'ay supasimon o'lkasi, Orolbo'yi qumli cho'llari, Janubiy Qozog'iston cho'llari. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga