O'rta va oliy maktablarda iqtisodiy geografiya

O'rta va oliy maktablarda iqtisodiy geografiya

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta va oliy maktablarda iqtisodiy geografiya - rasmi

Material tavsifi

O'rta va oliy maktablarda iqtisodiy geografiya Reja: Iqtisodiy geografiya-o'quv predmeti va fan sohasi. Yangi sharoitda iqtisodiy geografiyaning o'qitilishi. Oliy maktablarda iqtisodiy geografiya. O'rta maktab, kollej va akademik litseylarda iqtisodiy geografiya. Yuzaga kelgan siyosiy va iqtisodiy vaziyat barcha fanlar qatori iqtisodiy va sotsial geografiyaning o'qitilishi, uning nazariy va amaliy rivojlanishi borasida qator dolzarb masalalarni oldinga surdi. Ushbu muammolarning yechimi eng avvalo ikki asosiy nuqtai nazardan kelib chiqishi kerak. Bu ham bo'lsa mustaqillik va bozor munosabatlariga o'tishdir. O'zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatiga alohida siyosiy birlik sifatida qo'shilishi uning bu siyosiy mustaqillikni ta'minlovchi iqtisodiy imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish va ulardan to'la foydalanishni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari esa ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishga bo'lgan an'anaviy («sotsialistik») qarashlarni, bu yo'sindagi omil va qonuniyatlarni tubdan va qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etadi. Aynan shu ikki masala iqtisodiy va sotsial geografiya fanining rivojlanishi va o'qitilishidagi asosiy vazifalarni belgilab beradi. Albatta, mazkur fanning obyekti sifatida ishlab chiqirish kuchlarining hududiy tarqalishi yoki tarkibi saqlanib qolaveradi. Uning predmeti ham deyarli o'z holicha, ya'ni turli rayon yoki mamalkatlarda ishlab chiqirish kuchlarininghududiy tashkil etish omil va xususiyatlari, hududiy sotsial-iqtisodiy tizim (sistema)larning shakllanishidagi qonuniyatlarini o'rganishdan iboratligi o'zgarmaydi. Shu bois uning asosiy nazariy tushunchalari (hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari, iqtisodiy geografik o'rin va boshqalar) o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Ba'zan sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi bilan ilgarigi barcha nazariy tushunchalar ham o'z-o'zicha barbod bo'ladi, degan butunlay noto'g'ri fikrlar uchrab turadi. Vaholanki, siyosiy tuzum, uning shakli o'zgarsada, fan fanligicha qolaveradi. Faqat uning bosh tushunchalari, o'rganiladigan predmeti yangi sotsial-iqtisodiy va siyosiy jihatdan qayta ko'rib chiqilishi, moslashtirilishi kerak bo'ladi, xolos. Lekin ayrim fanlar borki, ularning fan maqomida saqlanib qolishi, tub mohiyati butunlay o'zgaradi yoki yo'qolib ketadi. Bunday fanlar turkumiga o'ta siyosiylashgan, ilgarigi sotsialistik (kommunistik) g'oyalarni uqtiradigan KPSS tarixi, ilmiy kommunizm, ilmiy ateizm kabilar kiradi. Iqtisodiy va sotsial geografiyada esa mazkur fanning ayni paytda tabiiy va ijtimoiy xususiyati tufayli bunday qiyinchilik biroz yengil ko'chadi. Ammo shunday bo'lsada, uning yashovchanligi va hayotiyligini saqlab qolish uchun fanning mavjud nazariy masalalarini yangicha, zamonaviy talablarni hisobga olib tadqiq qilish va o'rganish kerak. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda barcha asosiy (fundamental) tushunchalarning hududiyligi, aniqligi oshirilishi lozim. Chunonchi, hududiy yoki geografik mehnat taqsimoti ilgarigidek katta ko'lamda, «Butunittifoq» miqyosda emas, O'zbekiston Respublikasi, qolaversa, viloyat va tumanlar doirasida to'g'ri amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Xuddi shunday, aslida, mohiyatan to'g'ri bo'lgan hududiy ishlab chiqarish majmuasi g'oyasi juda katta, ulkan (quyi Amudaryo, qashqadaryo va hokazo) makonda emas, balki uni nisbatan kichik va ixcham joylarda, inftastruktura tizimi bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.61 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.61 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga