O'rta Yevropa haqida ma'lumot

O'rta Yevropa haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
O'rta Yevropa haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

6-sinf geografiya darsligi asosida 61-62-mavzu: Yevrosiyo materigi tarixiy geologik rivojlanishi va tabiatining xilma-xilligiga ko'ra ikkita - Yevropava Osiyo qit'alariga ajratilgan. Yevropaqit'asi tabiatini o'rgangan tadqiqotchilar ham uni ko'plab kichik tabiiy georgafik o'lkalarga ajratishgan. O'rta Yevropakichik o'lkasi tarkibidagi tabiiy geografik oblastlardan biri Alp-Karpat tog'laridir. Alp-Karpat tog'lari. Geografik o'rni. Alp-Karpat tog'lari kichik o'lkasi Yevropadagi baland, uzun va ulkan tog'lardan hisoblanadi. Bu o'lka G'arbiy Yevropaning markaziy qismida joylashgan. Alp tog' burmalanishida vujudga kelgan eng yosh tog'lardan hisoblanadi. O'z navbatida, bu kichik o'lka tabiatining o'ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladigan mustaqil Alp va Karpat tog'lariga bo'linadi. Alp tog'lari yoy shaklida g'arbdan sharqqa 1 200 km masofaga cho'zilgan. Alp tog'larining eng baland joyi uning g'arbiy qismida joylashgan besh qirrali Monblan cho'qqisidir (4 807 m). Alp tog'larining iqlimi mo'tadil bo'lib, qishi yumshoq, yozi salqin. Yiliga 2 00 - 3 00 mm atrofida yog'in tushadi. Tog'ning tepalarida doimiy qor va muzliklar hosil bo'lgan. Muzliklarning maydoni 4 140 kv km bo'lib, uzunligi 15 - 27 km gacha cho'zilgan. Bu muzliklardan Reyn, Rona, Adije, Drava daryolari to'yinadi. Alp tog'larining shimoliy etaklari va yassi tog'liklarida podzol tuproqlar tarkib topgan. Tog' yonbag'irlari buk va eman o'rmonlari bilan qoplangan. Bu o'rmonlar tagida qo'ng'ir tuproqlar uchraydi. Karpat tog'lari O'rta Yevropaning sharqiy qismida joylashgan, yoysimon shakldagi tog' sistemasidan iborat bo'lib, tabiiy xususiyatlariga ko'ra uch qismga - G'arbiy Karpat, Sharqiy Karpat va Janubiy Karpat tog'lariga bo'linadi. Karpat tog'larining uzunligi 1 500 km, o'rtacha balandligi 800 - 1 200 m, eng baland joyi Baland Tatra tog'idagi Gerlaxovski-Shtit cho'qqisidir (2 655 m). Karpat tog'lari yangi tog' burmalanishlari, vulqonlar ta'sirida hosil bo'lgan. Unda foydali qazilmalardan neft, gaz, ko'mir, temir va marganes rudalari, rangli va nodir metallar, kaliy hamda osh tuzlari mavjud. Iqlimi Alp tog'larining iqlimiga qaraganda biroz kontinentalroq. Yanvarning o'rtacha harorati -3 -5 °C. Tog' etaklarida yoz issiq, o'rtacha harorat +17 +20 °C ga teng. Balandlikka ko'tarilgan sari harorat pasayadi. Yillik yog'in 800 - 1 00 mm, tog' tepalarida 1 200 - 2 00 mm. Karpat tog'lari daryolarga boy. Shimolga oqadigan Oder, Visla daryolari Karpatdan boshlanadi. Karpatning eng katta tabiiy boyligi tog' o'rmonlaridir. Unga o'rmonli Karpat deb nisbat berilishi bejiz emas. Tog' yonbag'irlarida keng bargli o'rmonlar (buk, eman, zarang, qora qarag'ay) tarqalgan. Eng baland joylari ham tog' o'rmonlari bilan qoplangan. Ular planinalar (yaylovlar) deb yuritiladi. Pasttekisliklarda ahyon-ahyonda pushta deb ataluvchi dashtlar saqlanib qolgan. Karpat tog'larida, asosan, qo'ng'ir ayiq, to'ng'iz, silovsin, olmaxon, suvsar kabi hayvon turlari ko'p uchraydi. Sharqiy Yevropa6-sinf geografiya darsligi asosida 62-mavzu: Geografik o'rni. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.22 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.22 MB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga