7-sinf geografiya darsligi asosida 53-mavzu: Iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o'simlik qoplami va hayvonot dunyosi Iqlimi. O'rta Zarafshon okrugi iqlimi O'zbekiston tekislik qismidagiga o'xshash bo'lib, qishi sovuq, yozi issiq va quruq, yog'in kam. Okrug janubda joylashganligidan hamda shimol, shimoli sharqdan tog'lar bilan o'ralganligidan qishda havo haddan tashqari sovib ketmaydi. Yanvarning o'rtacha harorati -0,9 -1,9°C. Ba'zan Arktika havosi kirib kelganda eng past harorat -24 -35°C gacha pasayadi. Yozda esa havo ochiq bo'lib, +26 +28°C atrofida bo'lib, eng yuqori harorat +40 +44°C ga yetadi. O'rta Zarafshon okrugida sovuq bo'lmaydigan kunlar bir yilda 213-215 kunni tashkil etadi. Vegetatsiya davridagi ijobiy haroratning yig'indisi 4300 - 500°C ga yetadi. O'rta Zarafshon okrugida yog'in miqdori g'arbdan sharq tomon ortib boradi: Navoiyda (mutlaq balandligi 347 m) o'rtacha yillik yog'in miqdori 177 mm, Kattaqo'rg'onda (465 m) 282 mm, Samarqandda (695 m) 328 mm. Vodiyni o'rab olgan tog'larda yillik yog'in miqdori ortib, Omonqo'tonda 881 mm ni tashkil etadi. Yillik yog'inning ko'p qismi bahorda (49 foiz) va qishda (33 foiz) yog'adi, yozda bor-yo'g'i 4 foizni tashkil etadi. Okrugda yog'inning bir qismi qor tarzida yog'adi. Lekin haroratning iliq bo'lishi tufayli uzoq turmay erib ketadi. Tog'- larda esa haroratning pastligi tufayli nisbatan uzoq vaqt erimay turadi. Ichki suvlari. Okrugning asosiy daryosi Zarafshon bo'lib, u Turkiston va Zarafshon tog'larining tutashgan qismida joylashgan Ko'ksuv tog' tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi. Mastchoh daryosi Fandaryo bilan qo'shilgach Zarafshon nomini oladi. Zarafshon daryosi tog'li qismida tor va chuqur o'zanda tez oqib, 200 ga yaqin irmoqlarni qo'shib oladi. Okrug hududiga o'tgach, Zarafshon daryosining oqimi sekinlashadi. Samarqand shahri yaqinida ikkiga, Oqdaryo (shimoldagisi) va Qoradaryoga (janubdagisi) ajralib, Xatirchi qishlog'ida birlashadi. Ular orasida uzunligi 100 km, kengligi 15 km bo'lgan Miyonqol oroli vujudga kelgan. Zarafshon daryosi Xazar yo'lagidan o'tgach Quyi Zarafshon okrugi boshlanadi. Zarafshon daryosiga okrug hududida doimiy quyiluvchi bironta irmoq yo'q. Lekin sug'orishga sarflanib, Zarafshon daryosiga quyilmaydigan 120 ta soy mavjud. Ularning eng muhimlari Urgutsoy, Omonqo'tonsoy, Oqsoy, To'sunsoy, Kattasoy, Tasmachisoy va boshqalar bo'lib, ular mavsumiy qor va yomg'ir suvlaridan to'yinib, suvi bahorda ko'payib, yozda juda kamayib qoladi. Zarafshon daryosi muz-qorlarning erishidan to'yinadi. Shu sababli daryo suvi yozda ko'payib, yillik oqimining 61 foizini aynan ekinlarni sug'orish kerak bo'lgan davrda oqizadi. Zarafshon daryosi sersuv bo'lib, o'rtacha yillik suv sarfi sekundiga 165 m3 , eng kami 30 - 35 m3, eng ko'pi sekundiga 930 m3. Zarafshon suvining bir qismi Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor daryosiga, Eski Anhor kanali orqali Qashqadaryo havzasiga oqizilsa, bir qismi okrug hududida sug'orishga sarflanadi. O'rta Zarafshon okrugida suvlardan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.06 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.06 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:52 ]
Arxiv ichida: ppt