O'rta Zarafshon okrugi Reja: 1.Geografik o'rni 2.Samarqand botig'i 3.O'rta Zarafshon okrugi 4. O'rta Zarafshon okrugida tabiiy resurslar Bu okrug Turkistonning markaziy yer po'stining tektonik jarayonlar natijasida cho'kkan qismida joylashgan Zarafshon vodiysining o'rta qismini o'z ichiga oladi. Zarafshon vodiysi deyarli kenglik bo'yicha sharqdan g'arbga 766 km cho'zilgan bo'lib, g'arb trmoni ochiq va nishabdir. Lekin, biz O'rta Zarafshon okrugi deganda faqat O'zbekiston hududidagi Samarqand botig'i deb ataluvchi qisminigina tushunamiz. Bu qismda okrug aniq tabiiy chegaralar bilan o'ralgan bo'lib, g'arbda Quyi Zarafshon okrugidan Xazar yo'lagi orqali ajralib turadi. O'rta Zarafshon okrugi shimol tomondan Chumqartog', G'o'bdintog', Qaroqchitog', Oqtog' va Qoratog', janubdan Qoratepa, Ziyovuddin va Zirabuloq tog'lari bilan o'ralgan, sharqiy chegarasi esa shartli ravishda Tojikiston bilan bo'lgan chegara orqali o'tadi. Okrugning yer tozasi asosan paleogen, neogen va antropogen davr cho'kindi jinslaridan tarkib topgan. Bu jinslarning ustki qismini esa Zarafshon daryosi va uning irmoqlari olib kelgan allyuvial yotqiziqlar qoplab olgan. Bu yer neogen davrigacha dengiz bo'lgan. Neogen davridagi alhp orogenetik jarayon ta'sirida vodiy quruqlikka aylangan, Zarafshon daryosi o'z o'zanini chuqurlashtirib, qator kayirlar hosil qilgan. Okrugning sharqiy qismida 6 ta qayiri bor. Bu qayirlar to'rtlamchi davrning allyuvial, prolyuvial, eol jarayonlari tufayli vujudga kelgan shag'al, konglomerat, qumoq, qum, gil va lyoss kabi jinslardan tashkil topgan. Okrugning eng baland tog' oldi qismlarida va Zarafshon daryosining 5-6 qayirlarida ko'proq quyi to'rtlamchi davrning shag'al, konglomerat kabi jinslari uchrasa, 3-4 qayirlarida o'rta va yuqori to'rtlamchi davrning qumoq, qumli va lyossimon yotqiziklari joylashgan. Zarafshonning 1-2 qayirlarida va eng yangi kayirlarida hozirgi zamon yumshoq jinslari keng tarqalgan. Okrugning markaziy qismidan oqib o'tuvchi Zarafshon daryosi neogen davrida shakllangan bo'lib, uzoq geologik tarixga ega. U vujudga kelgandan so'ng antropogen davriga qadar Turon tekisligining o'rta qismida oqqan. Antropogen davrining boshlar.ida, Zarafshon daryosi hozirgi Qizilqumning janubiy qismini kesib o'tib, janubi-g'arbga qarab ancha masofada oqib, Qoraqumning markazi orqali uning janubiy qismidan o'tuvchi Ko'hna Amudaryoga quyilgan. Chunki bu davrlarda Zarafshon daryosiga Qashqadaryo, Sangzor daryolari xam irmoq sifatida qo'shilganligi sababli u juda sersuv bo'lgan. Antropogen davrining o'rtalarida Amudaryo o'z yo'nalishini shimoli-g'arbga qarab o'zgartirib, hozirgi Orol dengizi o'rnidagi chuqurlikka suvini kuya boshlagan, Zarafshon daryosi esa o'sha davrda xam Amudaryoga o'z suvini quygan. Lekin Zarafshon daryosining suvi ilgarigiga nisbatan ancha kamaygan edi. Sabab, bu davrga kelib Zarafshon daryosining eng katta o'ng irmog'i hisoblangan Sangzor daryosi o'z yo'lini shimolga burib, hozirgi Mirzacho'l orqali Sirdaryo havzasiga qo'shilgan. Zarafshon daryosi neolit davrining oxirlarigacha hozirgi Maxondaryo va Xo'jayli o'zanlari orqali Amudaryoga qo'shilib turgan. So'ngra Zarafshon vodiysida sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi tufayli suv kamayib (miloddan avvalgi I ming yillikning ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.06 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.06 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:52 ]
Arxiv ichida: doc