O'simlik va hayvonot dunyosi davlat kadastrlari obyektlarini yuritish tartibi Reja: 1. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishning umumiy qoidalari 2. O'simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining mazmuni 3. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi 4. Hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritishning umumiy qoidalari 5. Hayvonot dunyosining davlat kadastri mazmuni 6. Hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi 1. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishning umumiy qoidalari. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri O'simlik dunyosi muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida 1996 yil 17 iyuldagi 255-son qaroriga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yovvoyi o'simliklar turlari tarkibi, soni, geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsifi, ulardan fodalanish, ularni iqtisodiy baholash, ular o'sadigan muhitning tavsifi to'g'risidagi uzluksiz yangilanib turadigan axborot tizimi. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri foydalaniladigan, mintaqadagi ekologik muhitga ta'sir ko'rsatadigan yoki kamyob va turi yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda o'suvchi tomirli o'simliklar va qo'ziqorinlarning hamma turlarini hisobga oladi. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, o'simlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar: qishloq xo'jaligida band bo'lgan erlarda qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlar; davlat o'rmon fondi erlarida o'rmon xo'jaligi korxonalari; zahiralardagi erlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyatining vakolatli organlari: o'simliklarning kamyob va yo'qolib borayotgan, dorivor oziqbop va manzarali turlari bo'yicha Respublikaning butun hududida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri subyektlari hisoblanadilar. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr axboroti bilan ta'minlashga mo'ljallanilgan. Quyidagilar o'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini asosiy prinsiplari hisoblanadi: Respublikaning butun hududida o'simlik dunyosining barcha obyektlarini davlat kadastri bilan qamrab olish; axborotni to'plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining yagonaligi; davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta'minlash; Kadastr axborotini to'ldirish va yangilashning ishonchiligi va uzluksizligi. O'simlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish o'simlik dunyosi davlat kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri: obyektlarni ro'yxatga olishni, ular sonini hisobga olishni va ulardan foydalanish sifatini, obyektlarin iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va uni manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berishni o'z ichiga oladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda haq to'lab foydalanidilar. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish byudjeti mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi. O'simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi va ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:52 ]
Arxiv ichida: doc