O'simlik va hayvonot olamini o'rganish

O'simlik va hayvonot olamini o'rganish

O'quvchilarga / Geografiya
O'simlik va hayvonot olamini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

O'SIMLIK VA HAYVONOT OLAMINI O'RGANISh REJA: O'simliklar dunyosini xarakterlash Hayvonot dunyosini xarakterlash Dala sharoitida o'simliklarni o'rganish Dala sharoitida hayvon turlarini o'rganish O'simliklar dunyosini o'rganysh. Talaba o'simliklar dunyosini o'rganishga kirishishdan oldin tadqiqot qilinishi mumkin bo'lgan hududni o'simlik qoplamini tavsiflovchi geografik, geobotanik ilmiy adabiyotlarni va atlas va xaritalarlarni o'rganib, zaruriy ma'lumotlarni belgilab olishi lozim, bunday qilish hudud o'simlik qoplami haqida dastlabki tasavvurlarni beradi. O'zi yashayotgan o'lkadan tashqaridagi tabiiy geografik rayonlarni tanlagan bo'lsa, xech shubxasiz tadqiqot ishlari ilmiy adabiyot va atlas, xaritalarni o'rganmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. Dastlab, u yoki bu zonaning bir qismi bo'lgan tadqiqot obyektiga umumiy geobotanik tavsifnoma beriladi. Bu tavsifnomada hududning o'simlik formastiyasida aks etuvchi o'simliklarning xo'jalik faoliyati tufayli tabiiy o'simlikdar qoplami qanchalar o'zgarib ketganligiga e'giborni jalb qilmoq kerak. Talaba o'simliklarni tadqiq qilish jarayonida hududda tabiiy o'simliklarning tarqalish qonuniyatlarini o'rganish va tasvirlashga katta ahamiyat berishi lozim. O'simlik qoplamini tasvirlash uchun zarur bo'lgan materiallarni talaba o'zi o'tkazgan geobotanik tekshirishlardan oladi. I.N.Babushkinning Kompleksnaya polevaya praktika po fizicheskoy geografii degan qo'llanmasida o'simlik qoplamini tadqiq qilish va o'rganishning quyidagi sxemasi taklif etiladi: 1. Tadqiq qilinayotgan uchastkani geografik o'rni, maydoni 2. Yuzadagi to jinslarining litotogik tarkibini ko'rsatilganligi holda joyning relyefini tasviri. Mikrorel'ef xususiyatlari Namlanish sharoitlari O'simlik qoplamining umumiy holati Tuproq holatining tavsifi O'simlik qoplamining yarusliligi 8. O'simlik turlarini nisbatan ko'rsatgan holda yaruslar bo'yicha tasvir berish va boshqalar. Dala sharoitida o'simliklarni o'rganish paytida zarur asbob -uskunalardan foydalanish kerak bo'ladi. Tadqiqot jarayonida o'simliklarni rivojlanish bosqichlari: o'sib chiyqsh paytida, rivojlanish xususiyati, gullash davri, hosilga kirish jarayoni. Uyquga ketish davrlarini, muayyan joyda o'simliklarning eng ko'p tarqalgan turini, yarus bo'ilib o'sishini, qoplanganlik darajasini, hosildorligini va qandan maqsadda iShlatilishini aniq bilib olish foydadan xoli bo'lmaydi. O'sstmliklarni tadqiq qilish jarayonida uning geografiyasiga xam e'tibor berilib: namlikka, qiyalikka, ekspozistiyaga, nisbiy va mutlaq balandliklarga ko'ra hisobga otshnadi. Hayvonot dunyosini o'rganish: bunda tadqiqotchi eng asosiy e'tibor fauna kompleksini tavsiflashga qaratishi, geografik va zoogeografik ilmiy adabiyotlar hamda xaritashunoslik ma'lumotlariga suyanib shu hududning sut emizuvchilari, quruqlik va suvda yashovchilar, qushlar va xasharotlari haqida mukammal ma'lumot to'plashi kerak. Ularning geografik tarqalishini tushuntirish uchun joyning relyefi, iqlimi, tuproq, o'simlik qoplami komplekslari birgalikda hosil qilgan ekologik sharoitlarning xilma - xilligini tasvirlab o'tilishi zarur. Hudud landshaftida ayniqsa hayvonot dunyosi uchun zarur o'simlik qoplamidir, shuning uchun xam mahalliy hayvonlarning tarqalishi o'simliklarming oz - ko'pligiga va tipiga boqliq. O'simlik va hayvonlar tabiatning eng o'zgaruvchan komponenti hisoblanadi. Bu masalan, hayvonot (o'simlik) dunyosi to'grisida ma'lumot to'plash, tadqiqot ishlari, maqsad va vazifalarida albatta aks etishi kerak. Tadqiqotchi landshaft Tipida, urochishchada, fastiyada, qanday hayvonlar turlari uchrashini bilishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 700.37 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 700.37 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga