Osiyo mamlakatlari xo'jaligi

Osiyo mamlakatlari xo'jaligi

O'quvchilarga / Geografiya
Osiyo mamlakatlari xo'jaligi - rasmi

Material tavsifi

Osiyo mamlakatlari xo'jaligi 9-sing Geografiya darsligi asosida 37 § - mavzu Reja: Osiyo mamlakatlari xo'jaligi Osiyoning yangi industrial davlatlari Subtropik dehqonchilik rayoni. Osiyoning o'rta kengliklari qishloq xo'jaligi. Osiyo davlatlari sanoatining rivojlanganligi holatiga ko'ra olti guruhga bo'linadi. Birinchi - Yaponiya tipik Osiyo davlatlaridan biri bo'lishiga qaramay, so'nggi YMD, ishlab chiqarish hajmiga ko'ra jahonning to'rtinchi davlati hisoblanadi. Ikkinchi - Xitoy va Hindiston. Ular oldingi qoloq, mustamlaka davlatdan so'nggi yillarda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlarga aylandilar. Uchinchi - Osiyoning yangi industrial davlatlari. Ular Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur, Xitoyning Syangani bo'lib, so'nggi o'n besh-yigirma yil ichida omilkorlik bilan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyotda keskin yuksalishlarga erishdilar. Osiyoning yangi industrial davlatlari Koreya Gongkong Indiya Malayziya Chili Singapur Tayvan Tailand To'rtinchi - Fors qo'ltig'i bo'yidagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar. Bu mamlakatlarning ko'pchiligi hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YMDning darajasiga ko'ra salkam jahondagi yetuk rivojlangan davlatlar qatorida turadi. Fors qo'ltiqbo'yi mamlakatlarida neft va tabiiy gaz chiqarish, neft kimyosi, qayta erituvchi metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari yuzaga keldi. Neft kimyosi Qayta erituvchi metallurgiya Beshinchi - sanoati bir tomonlama, ya'ni sust rivojlanayotgan mamlakatlar. Bular Mongoliya, Pokiston, Vyetnam, Bangladesh, Iordaniya, Shri-Lanka kabi mamlakatlar Oltinchi - iqtisodiyoti eng qoloq mamlakatlar. Ularda sanoatning biron tarmog'i yetarli rivojlanmagan, qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi juda past darajadadir. Osiyoda turli qishloq xo'jaligi rayonlari shakllangan. Bularning asosiylari: Birinchi - sholikor rayon. Bunga Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyoning musson iqlimli hududlari kiradi. Ikkinchi - subtropik dehqonchilik rayoni. Unda subtropik dehqonchilik (sitrus bog'dorchiligi va uzumchilik), mahsuldor donchilik va ayrim chorvachilik sohalari rivojlangan. Uchinchi - Janubi-g'arbiy Osiyoning cho'l qismi qishloq xo'jaligi. Unda, asosan, sug'orish asosida tarkib topgan voha va vodiy dehqonchiligi (donchilik, paxtachilik, xurmo yetishtirish) va cho'l chorvachiligi tarmoqlari ahamiyatlidir. To'rtinchi - Osiyoning o'rta kengliklari qishloq xo'jaligi. Shuningdek, Osiyoning shimoliy o'rmon va tundra mintaqalarida shakllangan bug'uchilik, ovchilik bilan baland tog' mintaqalarida shug'ullaniladigan tog'- yaylov chorvachiligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.36 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.36 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga