Osiyo o'rta dengiz bo'yi

Osiyo o'rta dengiz bo'yi

O'quvchilarga / Geografiya
Osiyo o'rta dengiz bo'yi - rasmi

Material tavsifi

Osiyo o'rta dengiz buyi (levant) Bu tabiiy o'lka O'rta dengizning sharqiy sohili bo'ylab nisbagan kambar polosa shaklida shimoldan janubga tomon cho'zilgan. Shimolda o'lkaning kichik qismi Turkiya territoriyasida joylashgan, so'ngra unga Suriyaning g'arbiy tog'li chekka qismi, Livan, Isroil va Iordaniyaning bir bo'lagi kiradi. Janubi-g'arbiy chegarasi Sinay yarim orolining sharqiy chekkasi bo'ylab o'tadi. Sharqda va janubi-sharqda Suriya cho'li va Arabiston yarim oroli bilan aniq tabiiy chegara yo'q. Levant tektonik jihatdan Arabiston-suriya palaxsasining chekkasi bo'lib, yosh tektonik harakatlar uni ko'targan, parchalagan va burmalar hosil qilgan. Chegarani shartli ravishda shu ko'tarilmalarning sharqiy etagidan o'tkazish mumkin. O'lka O'rta dengiz bo'yi landshaftlarining janub va sharq tomondan cho'llar o'rab turgan kambar polosasidan iborat. Levant territoriyasida kristall zaminning jinslarini bo'r va paleogen davrlari yotqiziqlarining qalin qatlamlari qoplagan, bu qatlamlarni ayrim joylarda bazalt yorib chiqqan. Bu jinslar burmalangan, so'ngra butun sohilda tabaqali vertikal harakatlar ro'y bergan, bu harakatlar oblastda keng ko'lamda bo'lib, Osiyo O'rta dengiz bo'yining hozirgi relefining xususiyatlarini vujudga keltirgan. Hozirgi vaqtda tez-tez bo'lib turadigan zilzilalar ana shu harakatlar oqibatidir. O'rta dengiz qirg'og'i bo'ylab aholi zich o'rnashgan sohil pasttekisligi joylashgan. Uning kengligi shimol hamda janubda 30-50 km ra etadi, o'rta qismida, Livan territoriyasida esa torayib, 1,5-3 km bo'lib qoladi. Bazi joylarda tog'lar tarmog'i pasttekislikni kesib o'tib, dengizgacha etib boradi va qulay ko'rfazlar hosil qiladi. Isroildagi Xayfa, Livandagi Bayrut va Tripoli portlari ana shunday ko'rfazlar bo'yida jsylashgan. Lekin sohilning katta qismi, ayniqsa janubda to'g'ri qirg'oqli va pasttekislikdir. Bazi erlarda pasttekislikka ko'ndalang vodiylar kelib tutashadi, ular sohilni tog'li rayonlar bilan bog'lab turadi. Sharqda pasttekislik ustidan tepalari tekislangan, yonbag'irlari tik tog' massivlari hamda platolar ko'tarilib turadi. Tog'lar Livan territoriyasidagi Livan tog'larida hammadan baland ko'tarilgan, Kurnet-as-Saud tog'ining balandligi 3089 m ga etadi. Shimolga va janubga tomon tog'lar 100 m gacha va undan ham pastroqqacha pasayadi.Tor vodiylar tog'larni kenglik Yo'nalishiga yaqin yo'nalishda kesib o'tadi. Tog'lar pasaygan joylarda vodiylar keng, yonbag'irlari salgina qiya soylar ko'rinishidadir. Tog'larning ko'p qismini tashkil etuvchi ohaktoshlarda karst hodisalari rivojlanadi. O'lkaning sharqida tog' massivlari tektonik botiqlar mintaqasiga tik tushadi, bu tektonik botiqlar mintaqasi butun o'lkani shimoldan janubga kesib o'tib, Akaba qo'ltig'i va Qizil dengiz orqali Afrikaga o'tib ketadi. Bu quruqlikdagi dunyoda eng katta riftlar sistemasi bo'lib, Afrikani Arabieton yarim orolidan ajratib turadi va Afrika materigining sharqiy chekkasi hamda Osiyoning g'arbiy chekkasi relefining ko'pgina xususiyatlarini vujudga keltirgan. Ko'rib chiqilayotgan o'lka territoriyasida yer po'sti yoriqlari kambar botiqlar mintaqasini hospl qilgan bo'lib, bu mintaqa janubga tomon chuqurlashib boradi. Shimolda, Suriya territoriyasida tagi yassi, botqoq bosgan ElTab grabeni bor, undan janubda balandroq Bekaa botig'iga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.14 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.14 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga