Osiyo shakllanish tarixi, relyefi, foydali qazilmalari

Osiyo shakllanish tarixi, relyefi, foydali qazilmalari

O'quvchilarga / Geografiya
Osiyo shakllanish tarixi, relyefi, foydali qazilmalari - rasmi

Material tavsifi

Osiyo shakllanish tarixi, relyefi, foydali qazilmalari R e j a : 1. Geografik o'rni. 2. Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. 3. Relyefi va foydali qazilmalari. Yevrosiyo materigining taxminan 54 mln. kv. km. bo'lgan umumiy maydonidan 43 mln. kv.km.ga yaqini Osiyoga tug'ri keladi. Osiyo asosan mo'tadil va subtropik geografik kengliklarda joylashgan Yevropadan farq qilib, subarktika, mo'tadil va subtropik geografik kengliklarda ham, tropik va ekvatorial geografik kengliklarda ham katta maydonlarni ishg'ol qilgan. Osiyo 53° shimoliy kenglik bilan 12° janubiy kenglik oralig'ida joylashgan. Osiyo g'arbdan sharqka tomon ham juda katta masofaga cho'zilgan subtropik kenglikdadir. Maydonning kattaligi, uning markaziy qismlarining okeanlardan ancha uzoqligi, atmosfera sirkulyatsiyasi va orografiya xususiyatlari bilan birgalikda Osiyoning ichki rayonlarida kontinental iqlim hamda kurg'oqchil landshaftlarning xukmronlik qilishiga sabab bo'lgan. Osiyoning qurg'oqchil rayonlari materikning ichki kontinental qismida joylashgan. Osiyo tabiati yaqin geologik o'tmishda bu qit'aga o'sha vaqtda tutashib turgan materiklar: shimoli-sharqda Shimoliy Amerika, janubi-sharqda Avstraliya, janubi-g'arbda Afrika bilan juda bog'liq holda tarkib topgan. Bu materiklar bilan Osiyo o'rtasida aloqalar bo'lganligini ularning bir-birlariga yaqin qismlarida yer bag'rining, relyef va organik dunyoning o'xshashligi isbot etadi. Osiyo Yevropaga qaraganda g'oyat yaxlit va bir butundir. Osiyoning janubida uning katta yarim orollari Arabiston, Hindiston, Xindixitoy yarim orollari joylashgan, bo'lib ular bir-birlaridan ochiq dengiz va qo'ltiqlar orqali ajralib turadi. Arabiston va Hindiston yarim orollari yaxlit bo'lib, ularning qirg'oqlari Afrika qirg'oqlariga o'xshab kam o'yilgan. Osiyoning sharq tomoni qirg'oq chiziqlari va qirg'oqlari tuzilishiga ko'ra tamomila boshqacha. Bu yerdagi qirg'oqlarning ko'pchilik qismida uzun yoy shaklidagi orollar zanjiri cho'zilgan bo'lib, yoylarning uch qismlari materikka yaqinlashib keladi, o'rta qismlari esa materikdan 800-100 km gacha va undan ham ko'prok uzoqlashgan. Bu yoy shaklidagi orollar zanjirining asosiylari Kuril-Kamchatka, Saxalin-Yapon, Ryukyu-Koreya, Kalimantan-Luson-Tayvan va Zond orollari zanjirlaridir. Osiyoni o'rab olgan okean va dengizlarning suv massasi qit'a tabiatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Lekin bu ta'sir hamma joyda bir xil emas. Quruqlik g'oyat keng ekanligi, uning isishi va sovishida mavsumiy tafovut keskin ro'y berishi sababli Osiyoning butun janubi-sharqiy hamda qisman janubiy chekkalari atmosferaning musson sirkulyatsiyasi ta'siridadir. Osiyoning ichki rayonlariga nam dengiz havo massalarining qirib kelishini ular yo'lida to'siq bo'lib turgan tog' tizmalari cheklab qo'ygan. Osiyoning ba'zi katta-katta rayonlari shu vaqtga qadar sust o'zlashtirilgan va kam tekshirilgan. Uning boshqa joylarini odam juda qadimdan o'zlashtirgan va bu yerlarda aholi zich yashaydi. Osiyo ayrim qismlarining tabiatini o'rganayotganda shu narsani nazarda tutmoq kerakki, aholi zich joylashgan rayonlarda tabiat o'zining dastlabki qiyofasini yo'qotgan. 2. Geologik tuzilishi. Osiyo yer yuzasining to'rtdan uch qismidan ortiqrog'ini turli balandlikdagi va shakldagi tog' tizmalari hamda tog'liklar, yassi tog'lik va platolar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.77 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.77 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga