Osiyoning tabiiy geografik o'lkalari R e j a : 1. Osiyoning tabiiy geografik o'lkalari. 2. G'arbiy Sibir. 3. Uzoq Sharq. 4. Sharqiy Osiyo. 5. Janubiy Osiyo. 6. Janubi-sharqiy Osiyo. 7. Janubi-g'arbiy Osiyo. 8. Old Osiyo. Sharqiy Osiyo yoki Uzoq Sharq tarkibiga Sharqiy Xitoy, Shimoliy-Sharqiy Xitoy va Koreya yarim oroli hamda Yapon orollari kiradi. Bu tabiiy o'lkalar bir-biridan anchagina farq qilishiga qaramay, umumiy belgilariga ham egadirlar: bu umumiy belgilar ularning geografik o'rni, materikning sharqiy chekka qismida Tinch okean bilan keng masofada tutashib turgan sharoitda tarkib topishi va rivojlanishi birligi tufayli mavjuddir. Musson tsirkulyatsiyasining ta'siri Markaziy Osiyo bilan bo'lgan chegaradagi tog'lar-Sichuan Alpi, Tsinlin va Katta Xingangacha boradi. Yog'in sochinning mavsumiy tafovuti ham musson tsirkulyatsiyasiga bog'liq. Yetarli miqdordagi issiqlik va nam uchlamchi davrdan buyon o'rmonlarning rivojlanishi uchun qulaylik tug'dirib kelmokda. O'rmonlar tarixiy davrdan ilgariyoq tog'larnigina emas, balki tekisliklarni ham qoplab olgan. hozirgi o'rmonsiz tekisliklar juda zich yashaydigan aholining ko'p asrlik dehqonchilik faoliyati natijasidir. Muzlik ta'sirini totmay, pana joylarda tarkib topgan flora bilan fauna juda qadimiy bo'lib xilma-xil turlarga ega. Bu yerda fauna va floraning tropikda yashovchi vakillari bilan birga mo'tadil mintaqa vakillari, xatto to'rtlamchi davr muzlanishi davrida materikning shimoliy va shimoliy-sharqiy tomonlaidan kelib, mahalliy sharoitga o'rganib qolgan Arktikaga xos vakillari ham yonma-yon yashaydi. Sharqiy Osiyoda tabiiy sharoitning qulayligi, chunonchi hosildor tuproqlar va nam iqlimning, ko'pdan-ko'p daryo va ko'llarning uyg'un kelishi, hududning dengiz bo'yida joylashganligi-bularning hammasi aholining qadimdan zich joylashganligiga va bu yerda butun maydonning 20% dan kam qismini tashkil etgan tekisliklarnigina emas, balki tog'li rayonlarni ham xo'jalikda tezda o'zlashtirilishiga yordam berdi. Aholining ko'p yillik faoliyati natijasida tabiiy landshaftlar ancha o'zgarib, ular o'rnida madaniy landshaftlarga aylantirilgan Sharqiy Osiyoning antropogen landshaftlari juda o'ziga xosdir, ular G'arbiy Yevropaning sanoatlashgan landshaftlaridan farq qilib, so'nggi vaqtlargacha asosan qishloq xo'jaligi landshaftlari bo'lib qolmoqda. Sharqiy Xitoy relefining yirik tektonik shakllari orasida Shimoliy Xitoy pasttekisligi, Sichuan kotlovinasi, shuningdek kichikroq kotlovinalardan Duntinxu, Poyanxu ko'llari joylashgan kotlovinalar ko'tarilgan relef shakllarida Tsinlin tizma tog'i, Janubiy Xitoy tog'lari, Guychjou platosi, Yunnan tog'liklari ajralib turadi. Sharqiy Xitoy daryolari rejimi musson tsirkulyatsiyasiga bog'liq, ular yozda to'lib oqib, qishda sayozlanib koladi. Chunonchi, Yantszi daryosi suv satxi Sichuan kotlovinasidan oqib chiqishda, Ichana shahari yaqinida xar yili yomg'irgarchilik davrida 20-23 m ko'tariladi. Xatto kuyi oqimda ham, toshqin suvlari Duntinxu va Poyanxu ko'llariga yigilishiga qaramay, yog'ingarchilik mavmsumi oxirida daryodagi maksimal suv sarfi yillik o'rtacha miqdordan 2 xissa ortib bo'ladi. Sharqiy Xitoyning musson iqlimi Yaponiya iqlimidan farq qilib ancha sovuq va qish quruq kelishi sababli hamma fasllarda kontinentalrokdir. Yanvarda nol gradusli izoterma ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.35 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.35 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:00 ]
Arxiv ichida: doc