O'zbek geografik terminshunosligining XX asrda rivojlanishi Reja: XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr; 1940 - 90 yillar; 1990 yildan keyingi davr XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr XX asr boshidan 40 - yillargacha bo'lgan davr o'zbek geografik terminshunosligi taraqqiyotining o'ziga xos davri hisoblanadi. Bu davrda eski o'zbek alifbosi ikki marta (1929 va 1940 yillari) o'zgartirilgan. 1929 yilgacha nashr etilgan barcha adabiyotlar arab alifbosiga asoslangan o'zbek yozuvida yozildi. Jumladan, Mahmudxo'ja Behbudiyning Qisqacha umumiy jo'g'rofiya (Samarqand, 1902), Aholi jo'g'rofiyasiga kirish (Samarqand, 1903), Rusiyaning qisqacha jo'g'rofiyasi (Samarqand, 1905), F.Karimiyning Jo'g'rofiya (Orenburg, 1902), Muhammad Amin Karimiyning Jug'rofiyai riyoziy (1914), Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining Yer yuzi (jo'g'rofiya risolasi) (Toshkent, 1913), N.I. Balashovning Turkiston. Jug'rofiya o'qimligi (Toshkent, 1925), O'rta Osiyo iqtisodiy jo'g'rofiyasi (Toshkent, 1925), O'rta Osiyo iqtisodiy jo'g'rofiyasi (Toshkent, 1926) kabi darslik va risolalar arab alifbosiga asoslangan eski o'zek yozuvida yozilgan. Bu asarlarda xalq terminlaridan keng foydalanilgan. O'sha davrning eng mukammal va ommabop qo'llanmalaridan biri Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining Yer yuzi geografik risolasidir. Risolada hozirgi davr uchun eskirib muomaladan chiqib ketgan deb hisoblanadigan terminlar - bahri muhit, kurai musanna, kurai musattah, xattiistivo, chaqirim va boshqalar bilan bir qatorda manba, mansab, sayyoh, cho'l, xarita kabi hozirgi geografik adabiyotda keng ishlatiladigan terminlar ham bor. Ko'rinib turibdiki, ushbu qo'llanmada keltirilgan terminlarning aksariyati arabcha terminlardir. Demak, o'sha davrda umuman terminshunoslikda bo'lgani kabi geografik terminshunoslikda ham arabcha terminlarning ta'siri kuchli bo'lgan. Rus tilidan tarjima qilingan N.I. Balashovning darsligida ham shunday terminlarni uchratamiz. G.Ivanovning Boshlang'ich jo'g'rofiya qo'llanmasida ham arz, asg'ariy, bandar, bekat, bo'y chizig'i, darajai rasatiya, yonar tog', janubiy mador, zanji, kura, kurai mujassama, mador o'rmonlari, miqyos, taqim otalar, terma kitob, tul, usuli ta'lim, ufq, xarita, xattiistivo, shimoliy mador, en chizig'i, yarim kura, yasama daryo, havoiy nasimiy, hind qamichi kabi ko'pgina geografik so'zlar ishlatilgan. A.Obizovning O'zbekiston Sotsialistik Sho'rolari Jumhuriyati jo'g'rofiyasi kitobida ariq, bo'y chiziq, viloyat, jumhuriyat, jo'g'rofiya, ziroatchilik, kimyo, xarita, en chiziq kabi ko'plab terminlar ishlatilganki, ularning aksariyati 30 - yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, rus va Yevropatillari orqali kirib kelgan terminlar bilan almashtirildi. Shu bilan birga mazkur kitobda injener, passajir, prosess, temperatura, ekonomika kabi terminlar ham uchraydiki, bu narsa o'sha davrdan boshlab rus tili orqali xorijiy tillar terminlarining o'zbek tiliga kirib kela boshlaganligidan dalolatdir. A.Abizovning O'lkani o'rganish dasrligi. Tabiat kitobida O'rta Osiyo o'simliklari va hayvonot dunyosi haqida ma'lumotlar berilgan. O'rta Osiyo o'simliklari quyidagicha guruhlashtirilgan: erta bahor o'simliklari (gunafsha), chuchmoma, lolaqizg'aldoq, qayrag'och, foydali ildizlar (beda, tog' saqich), cho'l o'simliklari (saksovul, juzg'un), mevali o'simliklar (sholi, tariq, mosh), to'qimachilik o'simliklari (paxta, kanof ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:39:14
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.05 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:39 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.05 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:52 ]
Arxiv ichida: doc