O'zbekiston aholisi o'sishi, joylanishi va mehnat resurslari

O'zbekiston aholisi o'sishi, joylanishi va mehnat resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston aholisi o'sishi, joylanishi va mehnat resurslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston aholisi o'sishi, joylanishi va mehnat resurslari Amerikalik mashxur olim U.Ayzard fikricha, u yoki bu hududning xo'japigi murakkab jumboq bo'lib, uni yechishni ayni aholi bo'ginidan boshlamoq kerak. Darxakiqat, aholi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tushunchadir, u bilan ishlab chiqarish boshdan oyoq, chambarcham bog'liq. Chunki, mehnat resurelarisiz ishlab chiqarish bo'lmaydi, ishlab chiqarish esa aholi uchun kerak; moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchisi xam, ularni iste'molchisi qam ayni ana shu aholi, yani kishilarning malum hududdagi birligidir. aholini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida o'rganishda uning uch asosiy xususiyati etiborga olinishi zarur: aholi - ishlab chiqaruvchi kuch (aholining iqtisodiy funksiyasi); aholi - asosiy iste'molchi (ijtimoiy, sotsial funksiyasi); aholining o'z-o'zini takror barpo qilishi (demografik jihati). Albatta, ushbu fan nuqgai nazaridan eng avvalo aholining birinchi va ikkinchi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular aholini ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya ekanligini o'zida uyg'unlashtiradi. Qolaversa, an'anaviy iqtisodiy geografiya fanining zvolyutsion tarzda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya maqomini rasmiy olishi xam ayni Inson omili, aholi va uning ijtimoiy rivojlanishining hududiy jihatlarini tadqiq qilish natijasidan kelib chiqqan. aholining uchinchi xususiyati, yani uning takror barpo bo'lishi esa bevosita demografiya fanining tadqiqot obyekti bo'lib, ushbu jarayonning hududiy tafovutlarini o'rganish demogeografiya yoki geodemografiya yo'nalishiga moe tushadi. O'zbekiston Respublikasi aholi soni bo'yicha dunyo miqyosida o'rtacha demografik salohiyatga ega bo'lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi, 2014-yil I-yanvar ma'lumotlariga binoan 30,5 mln. kishini tashkil etadi. Bu borada, u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyingi uchinchi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o'rinni egallaydi. Mamlakatimizning demografik tarixi uning aholisini turli davrlarda har xil suratlarda o'sib borganligi bilan tavsiflanadi.1 Masalan, 1897 yilda o'tkazilgan Umumrossiya aholi ro'yhati ma'lumotlari bo'yicha hozirgi O'zbekiston hududida 3948 ming kishi istiqomat qilgan. 1913 yilga kelib, yani 15 yildan so'ng bu raqam 4331 mingga etgan. 1926 yil aholi ro'yhati natijalari esa, bu yerda 4629 ming kishini qayd etgan va o'tgan davr mobaynida aholi soni yil iga o'rtacha 2,1 ming kishidan ortib borgan. Keyingi davrlarda Respublikada aholi sonining o'sishiga sobiq Ittifoqda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy vokealar jiddiy ta'sir ko'rsatgan. Ikkinchi jahon urushi arafasida (1939 y.). O'zbekiston aholisi 6347 ming kishini tashkil etgan holda, u 20 yildan so'ng, yani 1959 yilda 8119 ming kishidan iborat bo'lgan. Bu davr oraligida umumiy ko'payish 1772 ming kishi, o'rtacha yillik ko'payish esa 88,6 ming kishiga teng bo'lgan. Ushbu kiyosiy rakamlar Respublika aholi soni o'sishining birmuncha jadallashganidan dalolat beradi nisbiy ko'rsatkichlarda yillik o'rtacha ko'payish 1,25 %). Tabiiyki, urush jarayonida front va front orqasida aholi o'limi ko'p bo'lmaganda Respublika aholiey bundan ham tezrok o'sib borgan bo'lar edi. Navbatdagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.79 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.79 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga