O'zbekiston aholisining tarkibi

O'zbekiston aholisining tarkibi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston aholisining tarkibi - rasmi

Material tavsifi

8-sinf geografiya darsligi asosida 8-mavzu: Mehnat resurslari. Aholining hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklarning 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollarning 16 yoshdan 55 yoshgacha bo'lganlarigina mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba'zi sohalarida 50 yosh, hatto 40 yoshdan nafaqaga chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga to'lgan o'quvchilar o'qishdan bo'sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan. Mehnatga yaroqlilar mamlakat jami aholisining yarmidan ortig'ini tashkil etadi. Mehnatga yaroqlilarning asosiy qismi sanoatda, qishloq xo'jaligida, qurilishda band. Ular foydali qazilmalar, mashinalar, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi, paxta, g'alla, kartoshka, uzum yetishtiradi, binolar bunyod etadi, ya'ni moddiy boylik yaratishadi. Ta'lim, fan, mada niyat, tibbiyot xodimlarining mehnat natijalari boshqacharoq. Ularning mehnat natijalari ham foydali va zaruriydir (10-rasm). Kishilarning mehnat faoliyati ikki sohaga - moddiy ne'mat ishlab chiqaruvchi va moddiy ne'mat ishlab chiqarmaydigan sohalarga bo'linadi. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan moddiy ne'mat ishlab chiqar­maydigan sohaning roli va bu sohada ishlovchilar soni ortib boradi. Buning uchun, avvalo, ishlab chiqaruvchi sohada mehnat unumdorligi o'sishi zarur. Faqat shundagina ishlab chiqaruvchi sohadagi mehnat­ga yaroqli aholining bir qismi ishlab chiqarmaydigan sohalarga o'tishi mumkin. Mehnatga yaroqlilarning soni va malakasi qatori ma'naviy yetukligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aholining jinsiy tarkibi. Aholi tarkibiga jins va yosh jihatdan yondashish katta ahamiyatga ega (11-rasm). Chunki aholini va inson omilini takror ishlab chiqarish xuddi ana shu jihatlarga bog'liq. Ikkinchi jahon urushining asorati tufayli 1945-1960-yillarda O'zbekiston aholisi tarkibida erkaklar soni ayollar sonidan ancha kam edi. Yillar o'tishi bilan bu tafovut qisqara bordi. 1959-yilga kelib ayollar 52 foizni, erkaklar 48 foizni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda aholi tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli o'zaro tenglashdi. Aholining milliy tarkibida ham so'nggi o'n yilliklarda turli millat vakillarida tug'ilishning turlicha miqdorda ekanligi hamda migratsiya hisobiga sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi (12-rasm). O'zbeklar salmog'i 1989-yilda 71,5 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2017-yilga kelib qariyb 84 foizga yetdi. Shuningdek, mamlakatda qoraqalpoq va tojiklarning salmog'i ham oshdi. Aholining milliy tarkibiga hamohang diniy tarkibi ham xilma-xil. Uning asosiy qismini musulmonlar tashkil etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga