O'zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi haqida ma'lumot

O'zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston dehqonchilik tarmoqlari geografiyasi Reja: O'zbekistonda dehqonchilik tarmoqlarining rivojlanishi. Texnika ekinlari. Paxtachilik. Donli ekinlar. Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Mevachilik va uzumchilik. Dehqonchilik O'zbekiston qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i bo'lib unda qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining 65-70 foizi yaratiladi. Mamlakatimiz tabiiy sharoitining o'ziga xosligi shundaki, uning turli hudud va mintaqalarida sug'orma va lalmikor dehqonchilik bilan shug'ullanish imkoniyatining mavjudligidir. Adir zonalarida lalmikor dehqonchilik (bug'doy, arpa, no'xat, kunjut, zig'ir, ozuqabop ekinlar, bog'dorchilik) qilinadi. Sug'orma dehqonchilikda lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3-5 marta ko'proq hosil olinadi va yerdan samarali foydalanishni ta'minlaydi. Respublikamizda dehqonchilik yalpi mahsulotining 98,5 foizini sug'orma dehqonchilikdan olinadi. Sug'oriladigan yerlarga asosan texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki qand lavlagi), don ekinlari (bug'doy, sholi, makkajo'xori, dukkakli don ekinlari), sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, uzum va meva yetishtiriladi. O'zbekistonda sug'oriladigan yerlar maydoni XX asr davomida muntazam oshib kelgan. Agar 1914 yilda sug'oriladigan yerlar Respublikamizda 1,8 mln. gektarni tashkil etgan bo'lsa, Mirzacho'l, Qarshi, Jizzax, O'rtacho'l, Surxon-Sherobod cho'llarining o'zlashtirilishi va Markaziy Farg'onada yangi yerlar ochilishi bilan ayni paytda 4,2 mln. gektardan oshdi. jadval Qishloq xo'jaligi ekinlari maydoni (barcha toifadagi xo'jaliklarda) Paxtachilik-Respublika qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'idir. Uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati juda katta bo'lib asosiy valyuta tushumlari shu sohaga to'g'ri keladi. O'zbekistonning saxiy tabiati, issiq iqlimi, yer, suv va boy mehnat resurslari, xalqining asrlar davomida to'plagan tajribasi paxtachilikning serdaromad tarmoqqa aylanishini ta'minlagan. Shuning uchun ham uning paxta yetishtirishdagi yuksak ko'rsatkichlari jahondagi katta mavqeini belgilab bergan. O'zbekiston paxta yetishtirishda jahondagi kuchli to'qqizlik orasida beshinchi o'rinni mustahkam egallab kelmoqda. Paxta tolasini eksport qilishda esa O'zbekiston jahondagi (AQSH dan keyin 2-o'rinda) eng yirik mamlakatlardan biridir. Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti - paxta tolasi va paxta moyidir. 1 tonna paxta xom ashyosidan o'rtacha 320-350 kg tola (3500 m² gazlama), 10 kg momiq, 620 kg chigit olinadi. O'z navbatida 620 kg chigitdan 110 kg moy, 225 kg kunjara, 175 kg shulxa 35 kg lint, 30 kg tuk (delint) chiqadi. Umuman paxtadan sanoat usulida 1200 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Paxtachilik agrosanoat majmui Respublika xalq xo'jaligining 70 foizdan ko'proq tarmoqlari bilan texnika va texnologik jihatdan bog'liq. Ayniqsa qishloq xo'jaligi mashinasozligi, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari paxtachilik bilan chambarchas bog'langan bo'lib, ular Respublikadagi eng yirik paxtachilik agrosanoat majmuini tashkil etgan. O'zbekistonning barcha mintaqalarida vegetatsiya davrining uzoqliligi o'rta tolali g'o'zani, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ingichka tolali g'o'zani yetishtirish imkonini beradi. Sobiq Ittifoq davrida O'zbekiston paxta xom ashyosiga bo'lgan talab keskin kuchaydi. 1932 yildan boshlab sobiq Ittifoq paxta import qiluvchi mamlakatdan eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Bunda O'zbekistonni ulushi benihoya katta edi. Chunki Respublikamiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.04 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.04 KB
Ko'rishlar soni 159 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga