O'zbekiston geologik tuzilishi haqida ma'lumot

O'zbekiston geologik tuzilishi haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston geologik tuzilishi haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston geologik tuzilishi Reja: To'rtlamchi davrgacha bo'lgan geologik tarixga qisqa tavsif To'rtlamchi davr geologik tarixi O'zbekistonning geologik tuzilishi xilma-xil bo'lib, uning hududi asosan ikkita katta tektonik struktura, ya'ni Tyanshan epigero'in orogen va Turon epigero'in plitasi qismlaridan iborat. Tyanshan epigero'in orogen O'zbekistonning tog'li qismini egallagan va har xil katta-kichiklikdagi tektonik strukturalardan tashkil topgan bo'lib, ulardan eng kattalari antiklinor burmali strukturalardir. Bulardan asosiylari Chotqol, Qurama, Zarafshon va boshqa strukturalar hisoblanadi. Turon epigero'in plitasi Respublikaning tekislik qismini egallagan bo'lib, u ham har xil kichik tektonik strukturalardan (ko'tarilma va cho'kmalar) tashkil topgan. Orogen va plitali strukturalar gero'in va alp tog' paydo bo'lish davrlarida hosil bo'lgan va turli katta-kichikliklardagi va yo'nalishdagi yer yoriqlari (razlomlari) bilan kesilgan. Mazkur ariqlar orqali neogendan boshlanggb, hozir xam davom etayotgan yangi tektonik harakatlar ta'sirida tektonik sgrukturalar turli balandliklarga ko'tarilgan, ba'zilari cho'kkan, natijada biz hozir ko'rib turgan tog' tizmalari va ular orasida joylashgan tor oraliq cho'kmalari paydo bo'lgan. Gero'in tog' paydo bo'lish davrida tektonik harakatlar bilan bir qatorda vulkan jarayonlari ham sodir bo'lgan. Vulqani, yer yoriqlari bo'ylab sodir bo'lgan gidrotermal va boshqa jarayonlar natijasida O'zbekiston hududida joylashgan rudali, rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo'lgan. To'rtlamchi davrgacha bo'lgan geologik tarixga qisqa tavsif O'zbekiston hududi o'zining geologik taraqqiyoti mobaynida juda ko'plab muhim paleotektonik va paleogeografik jarayonlarni o'tagan. Geosinklinal sharoitda sodir bo'ladigan jarayonlar bir necha marta takrorlangan. Ko'p yillik olib borilgan geologik tekshirish ishlari shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston va unga qo'shni hududlar geologik tarixini yuqori arxey davridan boshlab tiklash mumkin. Bu davrda hududda bir necha dengiz havzalari mavjud bo'lib, ularni ajratib turgan quruqliklarda terrigen, vulkanik va karbonat tog' jinslari to'plangan, bu tog' jinslari arxey davrining oxirdari va proterozoy davrining boshlanishida metamorfozlashgan. Proterozoy davrining oxirida (rifey) Janubiy Tyanshan tog'lari o'rnida cho'qish jarayonlari natijasida dengiz paydo bo'lgan. Bu davrda Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalariniig janubida Qoraqum-Tojikiston, shimolida esa Shimoliy Qizilqum quruqligi joylashgan bo'lgan. Yuqori rifeyda O'rta Tyanshanning shimolida vulqanlar otilgan. Proterozoyning kembriyga o'tish davrida (vend) Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalari o'rnidagi dengiz tektonik harakatlar natijasida chekinib, uning o'rnida tog'lar hosil bo'lgan, vendning oxiriga kelib esa tektonik harakatlarning yuo'nishi va yemirilish jarayonlarining kuchayishi oqibatida u hududning yer yuzasi tekislangan. Kembriyning boshlanish davriga kelib hududni yana dengiz bosa boshlaydi va o'rta ordovikda O'zbekiston hududining sharqiy va janubi-sharqiy qismini dengizlar butunlay egallaydi. Ordovikning oxirlarida tog' paydo bo'lish jarayonlari boshlanadi va kuyi devonda hududdan dengiz chekinadi, faqat Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalari o'rnida qisman saqlanib qoladi. Bu yerda dengiz o'rtasida faqat kichik orollargina mavjud bo'lgan. Bu davrda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.49 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.49 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga