|O'zbekiston geosiyosatida MDH va Markaziy Osiyo omili Reja: Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va O'zbekiston Respublikasining geosiyosiy, geostrategik manfaatlari. O'zbekiston geosiyosatida Markaziy Osiyo. Markaziy Osiyoning geosiyosiy, geoiqtisodiy, geostrategik xususiyatlari va O'zbekiston. Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi mintaqaviy tashkilot bo'lib u sobiq SSRning ayrim Respublikalari tomonidan tuzilgan edi. Uni tasis etuvchi hujjatlar 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya va Ukraina tomonidan imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini tuzish to'g'risidagi bitim, 1991 yil 21 dekabrda (Boltiqbo'yi Respublikalari va Gruziyadan tashqari) 11 ta sobiq Ittifoq Respublikalari tomonidan Olmaotada imzolangan Bitimga Bayon va 1991 yil 21 dekabrda imzolangan Olmaota Deklaratsiyalari hisoblanadi. 1993 yil 22 yanvarda Minskda bo'lib o'tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlat boshliqlari Kengashida (Armaniston, Belorussiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston va O'zbekiston nomidan) Mustaqil Davlatlar hamdo'stligining Nizomi qabul qilindi. Hamdo'stlikning maqsadlari quyidagilardan iborat: Siyosiy, iqtisodiy, ekologik, insonparvarlik, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni amalga oshirish; Umumiy iqtisodiy makonni yaratish; Umuminsoniy tamoyillar, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining me'yorlari asosida insonning asosiy hukuq hamda erkinliklarini ta'minlash; Azo davlatlarning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash hamda qurolsizlanishga yo'naltirilgan hamkorliklarini amalga oshirish; Azo davlatlarning hamdo'stlik hududida erkin yurishlari va muloqotlarini ta'minlash; Huquqiy munosabatlarning boshqa sohalarida o'zaro yordam va hamkorlikni yo'lga qo'yish; Har qanday nizo va tortishuvlarni tinch yo'llar bilan hal etish. O'zbekistonning Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligidagi ishtirokini belgilovchi geosiyosiy va geostrategik holatlar: 1. MDHga azo mustaqil Respublikalar ilgari ham hududiy, ham siyosiy, ham tashkiliy jihatdan bir butun yagona davlatning tarkibiy qismlari edi. Ko'p yillar mobaynida ular o'rtasida tarkib topgan munosabatlar va aloqalarning keskin uzilishi Respublikaning o'zidagina emas, shu bilan birga, xalqaro maydonda ham vaziyatning chigallashishiga olib kelgan bo'lur edi. 2. Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo'lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makon doirasida shakllandi va rivojlandi. U boshqa mintaqalar bilan xo'jalik aloqalarining chambarchas tuguni orqali bog'langan bo'lib, ular yuzasidan o'zaro hisob-kitoblar rubl makonida amalga oshirilmoqtsa. Bu munosabatlarni jahon xo'jalik aloqalari bilan bog'lamay, uzib qo'yish (shunday aloqalarni o'rnatish uchun uzoq vaqt talab etiladi) ishlab chiqarish hajmlarining pasayib ketishiga, iqtisodiy ahvolning yomonlashuviga, ijtimoiy muammolarning keskinlashuviga olib kelishi mumkin va hozirdayoq shu holatga olib kelmoqda. 3. Barcha mustaqil Respublikalarda, xususan, O'zbekistonda ham sobiq Ittifoq ko'lamida yaqin qarindosh-urug'chilik aloqalariga ega bo'lgan ko'p millatli aholi yashaydi. Xamdo'stlik doirasida chegaralarning ochiqligini, aholining bir joydan ikkinchi joyga borishi va axborot uzatish erkinligani saqlab qolish Respublikada fuqarolar hamda millatlararo totuvlikni ta'minlash sharti, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari uchun ularning o'zaro aloqalar va o'zaro bir-birini to'ldiruvchi manfaatlariga monand mintaqaviy xavfsizlik tizimini tashkil etish ehtiyoji mavjud. Shu manoda kollektiv, avvalo, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
386.45 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
386.45 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: doc