O'zbekiston hududiga madaniyati yaqin mamlakatlar

O'zbekiston hududiga madaniyati yaqin mamlakatlar

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston hududiga madaniyati yaqin mamlakatlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston hududiga madaniyati yaqin mamlakatlar REJA: Turkiya: xo'jaligi, eskporti, importi. Eron Islom Respublikasi, Afg'oniston Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi. Xo'jaligi, Tiransporti. O'zbekistonga hududi va madaniyati yaqin mamiakatlar TURKIYA Osiyo va Yevropaqit'alarida joylashgan davlat. Gretsiya, Bolgariya, Gruziya, Armeniya, Eron, Suriya, Iroq davlatlari bilan chegaradosh. Shimoliy qismini Qora dengiz, janubini O'rtayer dengizi, g'arbini Egey dengizi suvlari yuvib turadi. Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo'g'ozlari orqali mamlakatning Yevropava Osiyodagi qismlari ajralib turadi.Ma'muriy jihatdan 76 viloyatdan iborat. Davlat tuzumi - Respublika. Davlat boshlig'i - Prezident. U har 7 yilda saylanib, Qurolli Kuchlarning Bosh qo'mondoni vazifasini ham bajaradi. Hukumat boshlig'i - Bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyati 2 palatali parlament (Buyuk Millat majlisi). Aholisining soni 70,7 mln. kishi, o'rtacha yiilik o'sish sur'ati 1,8 foizga teng. Din nuqtayi nazaridan islomga mansublar 99,8 % nivaboshqalar0,2 % ni tashkil etadi.Davlat tili - turk tili. Etnik tarkibi - 87 % i turklar, 10 % i kurdlar, 1,7 % i arablar, greklar va boshqa xalq vakillari. Mamlakatdan tashqarida 2,5 mln. turk yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 yerga 92 kishidan to'g'ri keladi. Shahar aholisi 52 %. Savodxonlik darajasi 98,3 % ga teng. Tabiiy o'sish har ming kishiga 22,5 kishidir. O'rtacha umrning davomiyligi erkaklarda 68 yosh, ayollarda 73 yoshga teng. Aholining 14 yoshgacha bo'lgan qismi 31 %, 15-64 yoshgacha bo'lganlar 63 % ni, 65 yoshdan kattalari 6 % ni tashkil qiladi. Turkiya - BMT, XVF, NATO ga a'zo. YevropaIttifoqiga a'zo bo'lish arafasida turibdi. Kichik Osiyo yarimoroli juda qadim zamonlardan boshlab shimol, janub, g'arb, sharq o'rtasida savdo va madaniy aloqalarni bog'lab turuvchi ko'prik bo'lgan. Miloddan awalgi VII-VI ming yilliklarda bu yerda dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Miloddan awalgi 3 ming yillikda bu yerda birinchi shahar - davlatlar paydo bo'ladi. Miloddan awalgi 1900- yilda bu yerda eng kuchli Xatti davlati bo'lgan. Keyinchalik bu hudud Iskandar Zulqarnayn qo'l ostida bo'ladi. Miloddan awalgi I asrda u rimliklar qo'liga o'tadi. Keyinchalik Vizantiya qaramog'ida bo'ladi. XI asrda turkman saljuqiylar, undan keyin esa usmonli turklar qo'liga o'tadi. 1320- yildan Usmonli turklar imperiyasi shakllandi.1923- yil 29- oktabrdan Turkiya mustaqil Respublika bo'ldi. Poytaxti - Anqara shahri. Mamlakat prezidenti - Kamol Otaturk edi. Mamlakat - tarixiy obidalarga boy. Ibodatxonalar, tarixiy muzeylar shular jumlasidandir. Mamlakatning g'arbiy va markaziy qismini Anadolu yassi tog'ligi egallagan. Sharqiy qismida esa Armaniston yassi tog'ligi yastanib yotibdi. Asosiy daryolari - Yoshil, Irman, Dajla, Frot, Araks, Chorax. O'rmonlar 15 % maydonni egallab, unda qayrag'och, archa, sarv daraxti, buk, eman, grab, butalar o'sadi. Hayvonlardan bug'u, olmaxon, yowoyi cho'chqa, bo'ri, shag'ol, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.66 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.66 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga