O'zbekiston hududining geologik tuzilishi foydali qazilmalari va seysmikligi Reja: Stratigrafiyasi va litologiyasi. Tektonikasi. Respublika hududida tabiatning rivojlanish bosqichlari va relefining vujudga kelishi. O'zbekiston hududining seysmikligi. Foydali qazilmalari. Stratigrafiyasi va litologiyasi. O'zbekistonning geologik tuzilishi juda murakkab, uning hududida proterozoy erasidan to to'rtlamchi davrgacha hosil bo'lgan cho'kindi, magmatik va metamorfik tog' jinslari majmui uchraydi. Proterozoy va poleozoy tog' jinslari burmalangan va juda ko'p yoriqlar bilan parchalab yuborilgan. Tog'li hududlarda, qoldiq tog'larda bu tog' jinslari yer yuzasiga chiqadi, Turon plitasining tekisliklarida va tog'lar orasidagi botiqlarda esa bu jinslar katta chuqurliklarda yotadi va ustini mezozoy va qaynozoyning cho'kindi tog' jinslari qoplagan. Proterazoy yotqiziqlari O'zbekistonda Piskom tog' tizmasida, Hisor tog' tizmasining janubi- g'arbiy tarmoqlarida va Markaziy Qizilqumda borligi aniqlangan. Bu yotqiziqlar Piskom tog' tizmasida gneyslardan (350 m), Hisorda gneyslardan, kristallashgan slanetslardan, Markaziy Qizilqumda asosan slanetslardan, gneyslardan, dolomitlardan tashkil topgan. Ularning qalinligi 300-3500 metrga boradi. Paleozoy yotqiziqlari turkumi asosan antikli noriylarning yadrolarida tarqalgan bo'lib, bu eradagi hamma davr yotqiziqlaridan tashkil topgan. Kembriy yotqiziqlari Turkiston tizmasining g'arbiy chekkasida, Piskom daryosi havzasida, Hisor tog' oldi hududlarida va boshqa erlarda aniqlangan bo'lib, kuchli metamorfiklashgan kremniyli slanetslardan, kristallashgan ohaktoshlardan, argillitlardan, qumtoshlardan, konglomeratlardan tashkil topgan. Ular qoplamining qalinligi 400 metrgacha boradi. Ordovik yotqiziqlari Turkiston, Zarafshon, Nurota, Ziyovuddin-Zirabuloq tog'larida, Chotqol-Quramaning shimoliy tarmoqlarida aniqlangan. Ular alevrolitlardan, qumtoshlardan, argillitlardan, kvartsitlardan va ohaktoshlardan iborat bo'lib, qoplamining qalinligi 400-700 metrni tashkil etadi. Silur yotqiziqlari paleozoy guruhi yotqiziqlari ichida katta maydonni egallaydi va yotqiziqlarining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular, masalan, Chotqol-Qurama, Turkiston va Hisor tog' tizmalarida, shuningdek Nurota tog'larida alevrolitlar, qumtoshlar, slanetslar, ohaktoshlar, dolomitlar, marmarlar, konglomeratlarning aralashmasidan tashkil topgan bo'lib, qatlamining qalinligi 300 metrga boradi. Devon davri yotqiziqlari Chotqol-Qurama, Zirbuloq-Ziyovuddin, Markaziy Qizilqum, Sultonuvays tog'larida keng tarqalgan bo'lib, asosan karbonatli jinslar-dolomit, ohaktosh, marmar va qattiq mergellardan tashkil topgan.Qatlamining qalinligi 3500 metrgacha boradi. Toshko'mir davri yotqiziqlarining litologik tarkibi juda ham xilma-xil va qoplamining qalinligi 4500-500m bo'lib, ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar, kremniyli slanetslar va boshqa yotqiziqlardan iborat, ular qatlamlari o'zaro almashinib turadi. Baland tog'li hududlarda toshko'mir davri yotqiziqlari ohaktoshning qalin qatlamlaridan iborat. Unda boksitning yupqa qatlamlari va linzalari uchraydi. Chotqol, Qurama, Turkiston va Oloy tizmalarida bu davr yotqiziqlari qalin bo'lib, 4500 metrgacha boradi. Perm yotqiziqlarining Chotqol, Qurama, Hisor va boshqa tog' tizmalarida, shuningdek Surxondaryo va Amudaryo botiqlarida tarqalganligi aniqlangan. Ular asosan konglomeratlar, qumtoshlar, alevrolitlardan iborat bo'lib, oralarida ohaktoshlar, porfirlar, tuflarning qatlamlari uchraydi. Bu davr yotqiziqlarining umumiy qalinligi 500 metrdan 2500 metrgacha boradi. O'zbekistonda mezozoy erasiga mansub qatlamlarda bu eraning barcha davrlari yotqiziqlari ajratilgan. Trias davri Janubiy Farg'onada, Hisorning janubiy tarmoqlarida, O'zbekistonning ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
636.66 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
636.66 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: docx