|O'zbekiston ichki suvlari Reja: O'zbekiston ichki suvlari O'zbekiston daryolari. Daryolarning to'yinishi. Qashqadaryo Sirdaryo Surxondaryo Daryolarning xo'jalik ahamiyati va suvini toza saqlash O'zbekiston ichki suvlariga daryolar, ko'llar, yer osti suvlari, muzliklardagi suvlar, suv omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar kiradi. Ichki suvlar faqat jumhuriyat iqlim xususiyatlariga emas, balki uning tabiatining boshqa unsurlariga, xususan relefiga ham bog'liqdir. Relef ichki suvlarga, shu jumladan oqim hosil bo'lish jarayoniga bevosita hamda tabiiy-geografik omillar, ayniqsa iqlimiy omillar orqali bilvosita ta'sir etadi. Chunki tor yonbag'irlarining ko'pincha tik bo'lganligi tufayli yoqkan yomg'ir, erigan qor va muz suvlari tezda pastga oqib tushib, soy va daryolarni hosil qiladi. Buning ustiga tog'larda mutlaq balandlikning ortib borishi tufayli yog'in ko'proq tushadi, haroratning pastligi oqibatida qalin qor qoplami hosil bo'ladi, muzliklarni to'yintirib turadi. Qor va muz suvlarining erishi natijasida yer osti suvlarining hosil bo'lishiga, daryolarni to'yintirib turishiga qulay sharoit yaratadi. Jumhuriyatimiz yer maydonining 71% ni ishg'ol qilgan tekislik qismida tog'larda vujudga kelgan suvlar bug'lanish (ekin dalalaridan, sug'orish shoxobchalaridan, tuproq yuzasidan va o'simliklar orqali) va shimilish natijasida sarflanib ketadi. Chunki tekislik qismida yog'in juda kam, aksincha bulutsiz jazirama issiq kunlarning uzoq davom ztishi tufayli mumkin bo'lgan bug'lanishning ko'pligi oqibatida daryolar juda kam, yer osti suvlari nisbatan chuqurda joylashib, sho'rtang. Ana shu sabablarga ko'ra jumhuriyatimiz tekislik qismida tranzit daryolarni hisobga olmaganda doimiy oqimga ega bo'lgan daryolari yo'q hisobi. Jumhuriyat ichki suvlari landshaft unsuri sifatida o'z navbatida tabiatning boshqa unsurlariga ta'sir etadi va ular bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Ichki suvlar jumhuriyat yer yuzasi relefini o'zgartiradi, tuproq hosil bo'lishida, o'simliklarning rivojlanishida ishtirok etadi. Ichki suvlar jumhuriyat xalq xo'jaligi va maishiy turmushida muhim ahamiyatga ega. Jumhuriyat ichki suvlari, xususan daryo oqimining o'zgarishida xishilarning xo'jalik faoliyati ham muhim omillardan biriga aylaiib qoldi. Chunki O'zbekistonning tekislik qismida unumdor, lekin qurroqchil yerlarning mavjudligi ularni sugorishni taqozo etadi. Buning uchun esa daryolardan ko'plab sug'orishga suv olinadi, oqibatda ularning oqimiga ta'sir etib, ba'zilari ma'lum havzaga yetib bormasdan togdan tekislikka chiqqach suvi juda kamayib, qurub qoladi. Shuningdek, kishilar yerlarni sug'orish uchun sersuvli daryo havzasidan kanallar qurib kamsuvli daryo havzasiga uning bir qismi suvini burib yuborib, daryolarshshg suv oqimini qayta o'zgartiradi. Bunga Zarafshon suvining bir qismi Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor daryosiga, Amu-Buxoro magistral kanali orqali Amudaryo suvining bir qismini Quyi Zarafshonga burib yuborilganligi yaqqol misoldir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonning torli qismi bilan tekislik qismining gidrologik xususiyati bir-biriga butunlay qarama-qarshidir. Chunki uning tog'li qismida namlik to'planib, uning bir qismi bug'lansa, bir qismi oqar suvlarni, yana bir qismi shimilib, yer osti: suvlarini hosil ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.13 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.13 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: doc