O'zbekiston iqlimi va iqlim resurslari

O'zbekiston iqlimi va iqlim resurslari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston iqlimi va iqlim resurslari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston iqlimi va iqlim resurslari Reja: O'zbekiston iqlimi O'zbekiston suv resurslari haroratning taqsimlanishi O'zbekistonda fasllar O'zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega bo'lib, osmoni nixoyatda ochiq, seroftob, uzoq davom etadigan jazirama issiq va quruq yoz bilan, shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. O'zbekistonda iqlimning barcha unsurlarining yillik o'zgarishi orasida katta tafovutlar mavjud bo'lib, ular eng avvalo iqlim hosil qiluvchi omillarning xususiyatlariga bog'liq. O'zbekiston iqlimi uning geografik o'rni va u bilan bog'liq holda quyosh radiao'iyasi, atmosfera o'irkulyao'iyasi, relefi, yer yuzasining holati, iqlimga kishilar xo'jalik faoliyatining (antropogen) ta'siri natijasida tashkil topadi. O'zbekiston iqlimini hosil qiluvchi omillar ichida eng muhimlaridan biri - uning geografik o'rni va u bilan bog'liq quyosh radiao'iyasidir. Quyosh radiao'iyasi barcha tabiiy jarayonlarning eiyergetik negizi (bazasi) hisoblanadi. Quyosh radiao'iyasi esa o'z navbatida joyning geografik kengligiga, havoning ochiqligiga va Quyoshning nur sochib turadigan davriga uzviy bog'liqdir. Ma'lumki, O'zbekiston cho'l zonasida, asosan subtropik kengliklarda, okeanlardan ichkarida joylashgan. Bu esa uning iqlimidagi ba'zi xususiyatlarni, chunonchi, Quyoshni ufqdan baland turib uzoq vaqt yoritib va isitib turishini, kam bulutli bo'lishligini shakllanishida muhim o'rin tutadi. O'zbekiston ancha janubiy kengliklarda (taxminan 37° va 45°-36 shimoliy kengliklarda) joylashganligi tufayli yozda. Quyosh nuri ancha tik tushib (iyunda shimolda 71-72°, janubda 760 balandda turadi) uzoq vaqt nur sochib turadi. Qishda O'zbekiston shimolida quyosh 21°, janubida esa 29° burchak hosil qilib turadi,. Jumhuriyatimiz hududining shimoldan janubga 8°25 cho'zilganligi tufayli Quyoshning nur sochib turish davri va u bilan bog'liq holda yalpi quyosh radiao'iyasining miqdori ham o'zgaradi. Shu sababli Toshkentda Quyosh yiliga o'rta hisobda 2889 soat nur sochib tursa, eng janubda joylashgan Termizda bu ko'rsatkich 3095 soatni tashkil etadi. O'zbekistonda yil bo'yi, ayniqsa, yozda havo ochiq. bo'lib, bulutli kunlar juda kam. Shu tufayli jumhuriyatimizda qishloq xo'jalik ekinlarining pishib yetishadigan davri hisoblangan may-oktabr oylarida Toshkentda quyosh 1749 soat nur srchib tursa, Termizda 2012 soatga tsng. Vaxolanki, bu ko'rsatkich Qohirada (taxminan 30° sh. k. joylashgan) etadi (1jadvalga qarang.) Chunki Qohira o'rta dengizga yaqin bo'lganligi tufayli bulutli kunlar Toshkent va Termizga nisbatan ko'p bo'ladi. Binobarin, O'zbekiston quyoshli o'lka deb bejiz aytilmagan. O'zbekistonda yozda (iyun-avgust oylarida) Quyosh nur sochib turadigan davri nur sochishn mumkin bo'lgan davrning 84-95%ni, qishda (dekabr-fevral) esa 40-50%ni tashkil etadi. O'zbekistonning tog'li qismida quyoshning nur sochib turish davri tekislikka nisbatan 600-700 soat kam bo'ladi: tog'larning 200 m balandlik qismida Quyosh yiliga o'rtacha 2300-2500 soat nur sochib turadi. Buning asosiy sababi tog' yonbag'ri bo'ylab ko'tarilgan sari bulutli kunlarning ortib borishi, tog' yonbag'rining quyoshga nisbatan holati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.77 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.77 MB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga