O'zbekiston iqlimi

O'zbekiston iqlimi

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston iqlimi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston iqlimi 7-sinf geografiya darsligi asosida 38-mavzu: O'zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega. Kontinental iqlimning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: osmon ochiq va quyoshli; harorat nihoyatda yuqori, yillik yog'in miqdori kam, aksincha, mumkin bo'lgan (potensial) bug'lanish katta; yoz uzoq vaqt davom etib, jazirama issiq, qish esa shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq; yillik va sutkalik haroratning farqi katta. O'zbekiston iqlimining bu xususiyatlari, eng avvalo, iqlim hosil qiluvchi omillarga bog'liq. Iqlim hosil qiluvchi omillar. O'zbekiston iqlimining vujudga kelishiga uning geografik o'rni va u bilan bog'liq quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi, relyefi ta'sir etadi. O'zbekiston hududi shimoldan janubga 925 km cho'zilganligi tufayli quyoshning nuri uning hamma qismiga bir xil tushmaydi. Agar shimoliy qismiga yozda (22- iyunda) quyosh 71 -72° burchak hosil qilib tushsa, janubida 76° ni tashkil etadi. Binobarin, shimolda quyosh yiliga 2500 -2800 soat nur sochib tursa, janubda 300 -3100 soat nur sochib turadi. Shu sababli O'zbekiston «serquyosh o'lka» deb ataladi. O'zbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulatsiyasining ahamiyati katta. Qishda O'zbekiston hududiga shimoli sharqdan, shimoldan havo massalari kirib kelib, uning janubiy qismlarigacha yetib boradi. Natijada, havo ochiq bo'ladi, lekin harorat pasayib, sovib ketadi. Qishda O'zbekiston hududiga o'rtacha kengliklardagi havo massalari ham kirib kela oladi, tropik oqimlari bilan to'qnashishi oqibatida ob-havo o'zgarib, havo biroz ilib, yomg'ir yoki qor yog'ishi kuzatiladi. Yozda O'zbekiston hududi, xususan, uning tekislik qismi juda isib ketishi oqibatida termik o'choq vujudga keladi. Natijada, havo o'ta qizib, siyraklashib, mahalliy kontinental Turon tropik havosi shakllanadi. Bu bo'shliqni (past bosimni) to'ldirish uchun shimoli g'arbdan va g'arbdan salqin havo massasi esadi. Lekin havo qizib ketganligi tufayli bu havo massalari yog'in keltirmaydi. O'zbekiston iqlimining tarkib topishida relyef ham ta'sir etadi. Respublikaning shimoli, shimoli g'arbiy qismi ochiq. Natijada, qishda shimoldan, shimoli g'arbdan esuvchi sovuq havo massalari bemalol kirib keladi. Aksincha, janubiy qismi tog'lar bilan o'ralganligi tufayli iliq tropik havo massalarining kirib kelishiga to'siq bo'ladi. Tog'larda yozda tekislikka nisbatan havo salqin bo'lib, yomg'ir ko'proq yog'adi, qish esa sovuq bo'lib, uzoq davom etadi. Haroratning taqsimlanishi. O'zbekiston hududida issiqlikning taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo'lish uchun yillik o'rtacha haroratni bilish kerak. O'rtacha yillik harorat Nukusda +10,8°C, Toshkentda +11,9°C, Termizda +17,0°C. O'zbekistonda yoz quruq va issiq bo'lib, uning tekislik qismida iyulda o'rtacha harorat +26 +30°C ga yetsa, janubda +31 +32°C ga yetadi. Eng yuqori harorat Toshkentda +44°C, Termizda +50°C gacha yetadi. Qumlar yuzasi esa +75 +80°C gacha qiziydi. Qishda - yanvarda o'rtacha harorat O'zbekistonda shimoli g'arbdan (Ustyurtda -10 -11°C) janubi sharqqa qarab (Toshkentda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga