О'zbekiston iqtisodiy geografiya kursining predmeti, vazifalari Reja: О'zbekiston iqtisodiy geografiya kursining predmeti, uning boshqa fanlar orasida tutgan о'rni Iqtisodiy geografiyaning boshqa fanlar orasida tutgan о'rni. Iqtisodiy geografiyaning nazariy asoslari, ilmiy konsepsiyalari va uslublari Ushbu konsepsiyalar iqtisodiy-geografik izlanishlarda о'z aksini topadi. Iqtisodiy geografiya fanining predmeti. Iqtisodiy geografiya - ishlab chiqarish kuchlarining butun dunyo, mamlakatlar, mintaqalar bо'yicha hududiy joylashishi va rivojlanishi muammolarini о'rganuvchi fandir. Iqtisodiy geografiya fani ishlab chiqarishning hududiy muammolarini tabiiy va iqtisodiy sharoitga bog'liq holda о'rganadi; dunyo hamda turli mamlakatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy tashkil etish xususiyatlarining obyektiv qonuniyatlarini asoslab beradi; ishlab chiqarishning joylashishi va rivojlanishi xususiyatlarini о'rganish jarayonida mamlakatlar hududida iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, ular о'rtasida iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishini izohlaydi; shuningdek ayrim mamlakatlar va hududlar xо'jaligining tasnifini aniq iqtisodiy-statistik ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida о'rganib, qisqacha ilmiy xulosalar chiaradi va tavsiyalar beradi. Ishlab chiqarishning geografik muamolarini hal qilish borasida Iqtisodiy geografiya xalq xо'jaligi, uning tarmoqlarini strategik rejalashtirish uchun xо'jalik obyektlarini maqsadga muvofiq joylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbollarini bashorat qilish bilan bog'liq bо'lgan qator muommalarni о'rganadi. Ishlab chiqarishni joylashtirish qonuniyatlari ijtimoiy formasiyalarning rivojlanish qonuniyatlari bilan chambarchas bog'liqdir. Ijtimoiy ishlab chiqarishning geografik muamolarini tadqiqot qilish ijtimoiy mehnat taqsimotini keng kо'lamda, ya'ni hududiy mehnat taqsimotini tahlil qilish bilan aniqlanadi. Iqtisodiy geografiya mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sharoiti va xususiyatlari, ularda iqtisodiy rayonlarning, mamlakatlar va yirik iqtisodiy rayonlar о'rtasida iqtisodiy aloqalarning shakllanishi haqida tushuncha beradi; aniq ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish yо'li bilan mamlakatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish xususiyatlarining obyektiv qonuniyatlarini izohlaydi. Iqtisodiy-geografik tadqiqotlarda mahalliy, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni о'rganishga katta ahamiyat beriladi. Bunday izlanishlar mamlakatimizni, qо'shni mamlakatlarni va butun dunyoni bilishda muhimdir. Ular bо'lajak iqtisodchi mutaxasislar dunyoqarashining shakllanishida, umumiy bilimini, ayniqsa iqtisodiy bilim saviyasini oshirishda katta rol о'ynaydi. Iqtisodiy geografiyaning boshqa fanlar orasida tutgan о'rni. Iqtisodiy geografiya geografiya fanlari tizimiga kiradi. U Tabiiy geografiya, Tarix, Iqtisod va statistika fanlari bilan uzviy ravishda bog'langan. Iqtisodiy geografiya ijtimoiy, geografik, tabiiy geografiya esa tabiiy fan hisoblanadi. Iqtisodiy georgrafiya va Tabiiy geografiya о'rtasida uzviy hamkorlik mavjud Iqtisodiy geografiya tabiiy sharoit va resurslarga iqtisodiy baho berishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi. Geografiya fanlari bо'yicha tadqiqot va о'quv ishlari olib borish uchun Iqtisodiy geografiyaning Tabiiy geografiya bilan uzviy hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Ayrim mamlakat va mintaqalarga ta'rif beruvchi mamlakatshunoslik ishlarini tashkil qilishda ham bu hamkorlikning roli katta. Ijtimoiy fanlar turkumiga kiruvchi Iqtisodiy geografiya uchun nazariy ahamiyatga ega bо'lgan umumiqtisodiy fanlarning qisqacha xulosalari muhimdir. Tarmoqlar iqtisodiyoti bilan shug'ullanuvchi fanlar, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.66 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.66 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: doc