O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va asosiy xususiyatlari va sanoat tarmoqlari

O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va asosiy xususiyatlari va sanoat tarmoqlari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va asosiy xususiyatlari va sanoat tarmoqlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va asosiy xususiyatlari va sanoat tarmoqlari Reja. 1. Sanoat iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i ekanligi: 2. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirishga ta'sir etadigan asosiy omillar: 3. O'zbekiston sanoatining rivojlanish darajasi va tarkibi: O'zbekiston iqtisodiyotining o'rni salmog'i o'ziga xos qiyofasi, uning dunyoda paxta yetishtiruvchi davlatlardan biri ekanligida namoyon bo'ladi. U paxtadan tashqari yana bir qator muhim sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Paxtachilik negizida hamda Respublikadagi ayrim foydali qazilmalarni ishga solish asosida O'zbekiston sanoatida katta iqtisodiy ahamiyatga molik yana boshqa ixtisoslashgan tarmoqlar vujudga keldi. Bularga paxtachilik majmuini ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlovchi ixtisoslashgan mashinasozlik, rangdor metallurgiya, gaz sanoati va boshqalar kiradi. Bu tarmoqlar mahsulotning ko'p turlarini ishlab chiqarishda Respublikamiz boshqa davlatlari orasida salmoqli o'rin egallaydi. Jumladan, O'zbekiston MDH davlatlari o'rtasida paxta kombayinlari, paxta chuvish mashinalari, chigit ekish mashinalarining 100% ni, ayrim to'qimachilik mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun uskunalarning 90%ga yaqinini ishlab chiqaradi. Bu soha tarmoqlararo majmui bo'lib qishloq xo'jaligining paxta yetishtirish bilan bog'liq barcha tarmoqlarini irrigasiya-miliorasiya tizimlarini sanoatning ixtisoslashgan ko'sak chuvish, paxta tozalash kimyoviy ishlov berish, mineral o'g'itlar, qurilish materiallari, ip gazlama, to'quvchilik, trikataj, paxta yog'i singari mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sohalarni o'z ichiga oladi. O'zbekiston iqtisodiyoti xalq xo'jaligining ma'lum yo'nalishlarida yuqorida qayd etilgan yutuqlarga erishdi. Tula asos bilan shuni ta'kidlash joizki, erishilgan bu yutuqlar bir tomonlama edi xolos. Respublika iqtisodiyotini asosi bo'lgan paxta tolasining 92%dan ortig'i paxtachilik majmui ishlab chiqarish vositalarining 40%ga yaqini, qorakulning deyarli hammasi, pillaning 23 qismi, oltin, mis, rux, kabi rangdor metallarning hammasi va boshqalar O'zbekistondan tashqariga ishlanmasdan deyarli Suv tekinga xom ashyo holda olib ketilishi, ayni vaqtda tayyor ishlab chiqarish hamda aholi keng iste'mol mollarining 23 qismining o'sha vaqtdagi ittifoq boshqa nohiyalaridan yuqori iste'mol baholarida O'zbekistonga keltirilishi Respublikamiz xo'jaligining bir tomonlama rivojlanganligini yaqqol ko'rsatadi. Bunga qo'shimcha qilib, O'zbekiston xalq xo'jaligining nomutanosib tarkibi, uning hududiy joylashishidagi o'ta notekisliklarni ham ko'rsatish mumkin. Chunonchi, 1989 yilda o'sha vaqtda jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining ittifoqda 69.9%i O'zbekistonda 45.3%i asosiy ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradigan og'ir sanoat tarmoqlari hissasiga to'g'ri keldi. Ayni vaqtda ularda yengil sanoat hissasi tegishlicha 19.3% va 37.2%ni tashkil etadi. Bunda aholi uchun keng iste'mol mollari ishlab beradigan yengil sanoat O'zbekistonda ancha yuqori rivojlangandek tuyiladi.Aslida O'zbekistonda tarmoq mahsulotlarning yarmidan ko'pini paxta tozalash zavodlarida tayyorlangan paxta tolasi tashkil qilar edi. Agar unga pillakashlik fabrikalarida ishlov berilgan ipak tolasi, lub zavodlarida ishlatilgan kanop tolasi, teriga ishlov beruvchi korxonalardagi dastlabki ishlov berilgan qorako'l terilar ham qo'shilsa, qishloq xo'jalik mahsulotlariga dastlabki ishlov beruvchi tarmoqlar hissasi butun yengil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.25 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.25 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga