O'zbekiston ko'llari va suv omborlari O'zbekiston hududida ko'llar nisbatan kam bo'lib, ular notekis joylashgan. Respulikamizda joylashgan ko'llarning aksariyati kichik bo'lib, mahalliy ahamiyatga ega. O'zbekiston hududidagi ko'llar qozonining paydo bo'lishi jihatidan bir xil emas. Lekin ularning ko'pchiligi tekislik qismida daryo vodiylargajoylashgan qayir ko'llaridir. Aksincha, Respulikamiz tog'li qismidagi ko'llar va to'siq(to'g'on), morena va tektonik ko'llardir. O'zbekiston hududidagi ko'llar soni (5360ta ko'l) 100% desak, shuning 56.5% uning tekislik qismida, 43.5% esa tog'li qismida joylashgan. Lekin suv yuzasi maydonning kattaligi jihatdan tekislikdagi ko'llar oldinda bo'lib, 67% ni tashkil etadi. O'zbekiston hududining tekislik va tog'li qismida ko'llar notekis joylashgan. Respulikamiz tog'li qismining 100 - 200m balandliklarida (87ta ko'l mavjud) kamroq, aksincha, 200 - 300m balandliklarida (165ta ko'l mavjud) ko'proq, 300m dan baland qismida esa ko'p (2083ta ko'l)joylashgan. Lekin bu ko'llar maydoni kichik bo'lib, ularning eng muhimlari Isfayram daryo havzasidagi Shovurko'l, Nihnach, Qorataka, Chotqol - 1, Chotqol - 2, Shohimardon yaqinidagi Qubbonko'l, Ohangaron havzasidagi Arashan, Sherobod havzasida joylashgan Kanbeshbuloq ko'li va boshqalar. O'zbekiston hududidagi ko'llarning ko'pchiligi uning tekislik qismida, hususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan, ulaning quyi qismlarida joylashgan. Bu ko'llarning ko'pchiligi sayoz va sho'r bolib, bahorda hamda daryo suvi ko'paygan vaqtda suvlarga to'lib, yozning ohiriga borib suvi juda ozayib, sayozlashib ba'zilari qurib, botqoqlik shoshakka aylanib qoladi. O'zbekiston tekislik qismida ko'llar kelib chiqishi jihatidan turlichadir. Ba'zilari daryo vodiylarining pastqam joylarida hosil bo'lib, yomg'ir, qor, irigatsiya shoxobchalarining tashlama suvlari yoki yer osti suvlaridan, ba'zan esa daryolar toshganda sizib brogan suvidan to'yinib turadi. Bunday ko'llar berk ko'llar hisoblanib, suvi sho'r ba'zilarining suvi yozda qurib qolib, tagida tuz cho'kib qoladi, ba'zilari botqoqli joyga aylanadi. Bu turdagi ko'llar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarining vodiyalri bo'ylab joylashgan. Tekislikda yana Efemer yoki davriy tuzli ko'llar ham mavjud. Bunday ko'llar kichik, sayoz bo'lib, yomg'ir jala tariqasida yog'ganda yoki bahorgi qorlar tez eriganda hosil bo'ladi, so'ngra yana qurib qoladi, ba'zan esa bir necha yillar suvga to'lmay qurib yotadi. O'zbekistonning tekislik qismida eski daryo o'zanlarida ko'llar ham mavjud. Bunday ko'llar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo kabi daryolarning qaysi qismidagi qadimiy o'zanlaridada joylashgan. Bu turdagi ko'llarining suvi agar daryodan tamomila, ajralmagan bo'lsa, chuchuk bo'ladi, agar daryodan ajralib qolsa, sho'r bo'ladi. Bunday turdagi ko'llarning rejimi daryo rejimiga bog'liqdir. O'zbekiston hududining tekislik qismida so'ngi yillarda insonlar tomondan vujudga keltirilgan ko'llar soni ortib bormoqda. Bu turdagi ko'llar ekin dalalaridan oqib chiqayotgan zovur suvlarini erkin ekiladigan maydondan tashqaridan tabiiy chuqurliklarga tashlash oqibatida vujudga kelmoqda. Sug'oriladigan maydonlardan chiqarilib tashlanadigan zovur suvlarning to'planishidan vujudga kelgan ko'llar (Sariqamish, Aydar, Arnosoy, Dengizko'l, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
172.53 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
172.53 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: pptx