O'zbekiston ko'priklari

O'zbekiston ko'priklari

O'quvchilarga / Geografiya
O'zbekiston ko'priklari - rasmi

Material tavsifi

Barcha-barcha xalqlar ko'prik deganda, odamlarning uzog'ini yaqin, mushkulini oson qiladigan, dillarni dillarga, ellarni ellarga bog'laydigan hayot belgisini tasavvur qiladi. Islom Karimov Yo'l, ko'prik qurishning savobi benazirdir. Tarixiy manbalarda Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy singari ulug' bobolarimizning bunyodkorlik ishlari haqida ko'p va xo'b yozilgan. Qadimda ko'priklar asosan yog'ochdan qurilgan. Shu bois XX asrgacha qurilgan ko'priklar deyarli saqlanmagan. Toshkent shahrida kapital ko'prik qurilishi 1865 yildan boshlangan. Birinchi ko'prik Shayxontohur ko'chasi, hozirgi Navoiy prospektida Anhor ustiga yog'ochdan qurilgan O'rda ko'prigi bo'lib, Toshkentning Eski shahar qismini Yangi shahar bilan bog'lagan. Ko'prik bir necha marta ta'mirlangan. 1913 yilda esa g'ishtdan qayta ishlangan va u hozirgacha xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab davlatimiz rahbari kommunikatsiya tizimini isloh qilishga katta e'tibor qaratdi. Bugun magistral yo'llar qurish, xalqaro bozorga olib chiquvchi transport tizimini yo'lga qo'yish, yo'l xo'jaligida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishdek muhim vazifalar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari o'zining barcha texnik ko'rsatkichlari bilan MDH davlatlari orasida yetakchi o'rinda turishini alohida ta'kidlamoq joiz. Yo'l borgan joyga taraqqiyot boradi, yo'l o'tgan joyda hayot gurkiraydi. Shahar va qishloqlarimiz obodligi, turmushimiz farovonligi kommunikatsiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan chambarchas bog'liq, desak xato bo'lmaydi. Texnik jihatdan xalqaro talablarga mos bunday yo'l va yo'l o'tkazgichlar, mahobatli transport bog'lamalarining ko'payib borayotgani haydovchi va yo'lovchilarga qator qulayliklar yaratmoqda. Ayniqsa, poytaxtimizning tirband chorrahalarida bunyod etilgan o'nlab ko'priklar aholining uzog'ini yaqin, og'irini yengil, vaqt va mablag'ini tejash barobarida harakat xavfsizligini ta'minlamoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, poytaxt kommunikatsiya tizimida amalga oshirilgan islohotlar tufayli transport vositalaridan chiqayotgan zaharli gazlar miqdori 1990 yilgan nisbatan 25 foizga kamaygan. Vaholanki, Toshkent ko'chalarida 1990 yilga nisbatan bir necha baravar ko'p transport vositasi harakatlanmoqda. Yurtimizda yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan yo'llarning umumiy hajmi 3 ming 200 kilometrni tashkil etadi. Avtomobil yo'llari tarmog'ining umumiy uzunligi 183 ming kilometrdan ziyod. Uning 42 ming 530 kilometri umumfoydalaniladigan yo'llardir. Har yili 150 kilometrdan ziyod yangi yo'llar qurilmoqda yoki rekonstruksiya qilinmoqda. Hozirgacha 500 ga yaqin ko'prik barpo etildi. Bunday ulkan bunyodkorlik negizida mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-xotirjamlik, hamjihatlik, xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati va ertangi kunga bo'lgan yuksak ishonchi mujassamdir. Umumiy uzunligi 67 kilometrni tashkil etadigan Katta halqa yo'li tranzit yuklarning Toshkent shahrini chetlab o'tishini ta'minlash, shahar ichidagi transport qatnovi xavfsizligi va ekologiyani yaxshilash maqsadlariga xizmat qiladi. Bu yo'l uchta xalqaro ahamiyatli, yettita umumdavlat, o'nta mahalliy yo'llar va ko'plab shahar ko'chalarini tutashtiradi. Katta halqa yo'li umumiy uzunligi 3 ming 372 metr bo'lgan 22 ko'prik va yo'lo'ztkazgichlar barpo etilgan murakkab muhandislik inshooti hisoblanadi. Bu yo'l orqali bir kunda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 598.72 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:53 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 598.72 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga