8-sinf geografiya darsligi asosida 10-mavzu: MILLIY IQTISODIYOTNING TARKIBIY TUZILISHI O'ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTINING TUZILISHI Jahonning siyosiy xaritasida 1991-yil 1-sentabr kuni yangi mustaqil davlat-O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. Shu kundan boshlab u «o'ziga xos va o'ziga mos» taraqqiyot yo'lini tanladi. Bu yo'lning o'ziga xosligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning 5 tamoyilida yaqqol ifodalangan. O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish tamoyillari: Iqtisodning siyosatdan ustun turishi. Davlat islohotlar tashabbuskori. Barcha sohalarda qonun ustuvorligi. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish. Bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan O'zbekiston iqtisodiyotining tuzilishi butkul o'zgarmoqda. Yaqin o'tmishdagi qishloq xo'jaligi yetakchi bo'lgan mamla-katimizda sanoatning, xususan, og'ir sanoatning salmog'i oshmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq qishloq xo'jaligida paxta yakkahokimligini bartaraf etishga kirishildi. Sanoat esa avtomobilsozlik, kompyuter texnikasi, mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar hisobiga ko'p tarmoqli bo'la boshladi. Mаmlаkаtimizdа 2017-2021-yillаrdа O'zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yo'nаlishi bo'yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi qаbul qilingаch, milliy iqtisоdiyot tаrkibini tаkоmillаshtirish yangi bоsqichgа ko'tаrildi. Jumlаdаn, Hаrаkаtlаr strаtеgiyasining «Iqtisоdiyotni rivоjlаntirish vа libеrаllаshtirish» dеb nоmlаngаn uchinchi ustuvоr yo'nаlishidа milliy iqtisоdiyotning mutаnоsibligi vа bаrqаrоrligini tа'minlаsh, uning tаrkibidа sаnоаt, хizmаtlаr ko'rsаtish sоhаsi, kichik biznеs vа хususiy tаdbirkоrlik ulushini ko'pаytirish vаzifаsi qo'yilgаn Shu sаbаbli mаmlаkаtimizdа sаnоаtning, birinchi nаvbаtdа оg'ir sаnоаtning ulushi jаdаl o'sib bоrmоqdа. Ana shunday o'zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 30,6 foizdan ziyodni tashkil etmoqda (2018-y.). Holbuki, bu ko'rsatkich 200-yilda 14,2 foizdan iborat edi. Endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti o'zaro bog' lan gan sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, qurilish, aloqa, savdo, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi tarmoqlarni o'zida birlashtiradi (17-rasm). Og'ir sanoat, ayniqsa, mashinasozlikning jadal yuksalishi qishloq xo'jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari unumli-samarador mashina va mexanizmlar bilan qayta jihozlanishiga, mamlakat mudofaa quvvatining kuchayishiga imkon beradi. Eng muhimi, mamlakat texnik qaramlikdan qutuladi. Mamlakatning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tishining yana bir sharti kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Kichik biznesni har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi va yanada rivojlantirish natijasida uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi muttasil oshmoqda (18-rasm). Mustaqillikka qadar O'zbekiston qishloq xo'jaligi, asosan, ekstensiv yo'l bilan rivojlandi. Ekstensiv xo'jalik yuritish - ishlab chiqarishni fan-texnika yutuqlari va zamonaviy mexanizatsiya imkoniyatlari o'rniga ta biiy boyliklarni jadal o'zlashtirish hisobiga yuksaltirish usuli. Ekstensiv xo'jalik yuritish usuli natijasida yoqilg'i, energiya, inson omili, ayniqsa, suv ko'p sarflandi. Suv sarfining ko'payishi Orol fojiasini keltirib chiqargan sabablardan bo'ldi. Yerdan foydalanishdagi xatoliklar esa tabiatning ifloslanishi va tuproq unumdorligining pasayishiga olib keldi. Demak, ekstensiv yo'l muayyan vaqt taraqqiyotini ta'minlasa-da, uning jiddiy salbiy oqibatlari ham bo'ladi. Shu sababli davlatimiz intensiv xo'jalik yuritish usuliga o'tish vazifasini ilgari surmoqda Intensiv xo'jalik yuritish - fan va texnika yutuqlarini iqtisodiyotga tezkor ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:44:32
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
543.99 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:53
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:44 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
543.99 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:53 ]
Arxiv ichida: ppt